AQSh Davlat departamentining Yaqin Sharq boshqarmasi veb saytida Falastin avtonomiyasi mamlakatlar va hududlar ro‘yxatidan yo‘qoldi. “Korrespondent.net”ning yozishicha, bu haqda Jerusalem Post ma’lum qilgan.
Falastin avtonomiyasi prezidenti matbuot kotibi Nabil Abu Rudayniy Davlat departamentining qarori AQSh tashqi siyosati misli ko‘rilmagan darajada yomonlashganidan dalolat berishini aytgan. Rudayniyning so‘zlariga ko‘ra, AQSh harakatlari Falastin xalqini yo‘q qilishga qaratilgan urinishlar doirasida amalga oshirilmoqda.
Xabarda aytilishicha, Davlat departamenti qarori rasman e’lon qilinmagan. Falastin shunchaki Yaqin Sharq boshqarmasi veb sahifasida e’lon qilingan mamlakatlar va hududlar ro‘yxatidan chiqarilgan.
Izoh (0)