Britaniyaning Jet2 aviakompaniyasi uchuvchisi parvoz davomida o‘zini yomon his etgani sababli bortda yo‘lovchi tariqasida bo‘lgan shaxs ikkinchi uchuvchiga samolyotni shoshilich qo‘ndirishga yordam berdi.
Uchuvchi kabinasida favqulodda holat yuz bergani e’lon qilinganidan so‘ng ta’tilga yo‘l olgan Jet2 aviakompaniyasining boshqa bir uchuvchisi salon oxiridagi joyidan qo‘zg‘oldi va kabinaga o‘tadi.
“U bu yerdan havo kemasi eson-omon qo‘nganidan so‘ng chiqdi. Samolyotni dastlab boshqargan uchuvchi esa Portuga qo‘nganidan so‘ng yuzida kislorod niqobi bilan aravachada olib chiqildi”, — deya hikoya qilgan yo‘lovchilardan biri.
Favqulodda holat yuz bergan samolyot yo‘lovchilari soni keltirilmagan, biroq Boeing 757 bortiga 235 nafar yo‘lovchini sig‘dirishi mumkinligini bildirilmoqda.
Izoh (0)