• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    New York Times SSSRning “Pravda”siga tenglashtirildi. Tramp Yevropa bilan savdo urushini boshlaydimi? Jahon matbuoti sharhi

    “Daryo” o‘tayotgan haftada dunyo matbuotida keng yoritilgan, ko‘pchilikning qiziqishiga sabab bo‘lgan maqolalar sharhiga to‘xtalib o‘tadi.

    Yevropa Ittifoqi Donald Trampga qarshi

    Amerikaliklar va yevropaliklar Trampga birgalikda qarshilik ko‘rsatib, dunyo tartibini va tinchligini himoya qilishlari va transatlantik do‘stlikni saqlab qolishlari mumkin, deb yozadi The Project Syndicate nashri.

    Foto: London Post

    Foto: London Post

    2019-yil avgusti oxirida Tramp G7 sammitida qatnashish uchun Yevropaga keladi. Ammo Yevropa rahbarlari u bilan murosa qilish uchun barcha imkoniyatlarni ishlatib bo‘ldi. Yevropa oldida birgina yo‘l – qarshilik qilishgina qoldi.

    Eng muhim masala Yevropa–Eron savdo masalasi bo‘lib turibdi. Aynan shu masalada Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi yana bir mag‘lubiyatni hazm qila olmaydi. Tramp harbiy va iqtisodiy sohadagi tahdidlari bilan Eron va Venesuelani inqiroz jarligiga qulatmoqchi. Shuningdek, Xitoyni valyuta qallobligida ayblab, uning iqtisodiy rivojlanishini cheklamoqchi yoki to‘xtatmoqchi.

    Har narsani o‘z nomi bilan atash maqbulki, Trampning bu siyosati uning dunyoqarashini aks ettiradi va birgina shaxsning noxolis qarorlari oqibatidir. AQSh konstitutsiyasi qabul qilinganidan 230 yil o‘tar ekan, amerikaliklar Tramp diktaturasidan aziyat chekmoqda. Tramp o‘z ma’muriyatining mustaqil fikrlash qobiliyatiga chek qo‘yishga erisha oldi. Misol uchun, mustaqil fikriga ega bo‘lgan sobiq mudofaa vaziri Jeyms Mettis hukumat tarkibidan chiqarib yuborilishi natijasida amaldagi hukumat fikrlariga e’tiroz bildiradiganlar sanog‘i kamayib qoldi.

    Tramp uning istaklariga qarshi borayotgan har qanday davlatni tiz cho‘ktirishni maqsad qilgan. Oddiy amerikaliklar takabbur emas, ammo Amerika siyosatchilari ayni paytda takabburlik siyosatini dastak qilib oldi. Masalan, milliy mudofaa bo‘yicha maslahatchi Jon Bolton va davlat kotibi Mayk Pompeo dunyoga takabburlik bilan past nazar tashlamoqda. Boz ustiga, Pompeo diniy mutaassib hamdir. Ustiga ustak, yaqinda Boltonning Londonga safari Birlashgan Qirollik Yevropa Ittifoqidan ajralishi qanday oqibatlar bilan tugashidan qat’iy nazar, yangi bosh vaziri Boris Jonsonni qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi. Tramp va Bolton aslida Buyuk Britaniya uchun zarracha bo‘lsa-da qayg‘urmaydi, ularga Yevropa Ittifoqi fiaskoga uchrashi muhim. Shunday ekan, Yevropa Ittifoqining haqiqiy dushmani AQShning do‘sti bo‘lishga urinayotgan Boris Jonson, Italiya bosh vaziri Matteo Salvini va Vengriya bosh vaziri Viktor Orbandir.

    Tramp Osiyoda Eron rejimini to‘ntarishni istaydi. Unga bu vaziyatda yong‘inga suv sepayotgan Eronga shaxsiy adovatda bo‘lgan Isroil va Saudiya Arabistonining mas’uliyatsiz rahbarlari ham yordam bermoqda.

    Yevropa Ittifoqi AQShning Yaqin Sharqdagi vaziyat masalasida uquvsizligi nimalarga olib kelishi mumkinligini yaxshi tushunadi. AQSh sababli bugunda Yevropa Ittifoqi migratsiya muammolarini boshidan kechirmoqda. Misol uchun, Kichik Jorj Bushning Afg‘oniston va Iroqdagi harbiy amaliyotlari, Barak Obamaning Liviya va Suriyadagi harbiy siyosati Yevropa Ittifoqini moliyaviy xatarga qo‘ydi va badallarini Yevropa Ittifoqi to‘lamoqda.

    Endilikda Eronga qarshi olib borilayotgan siyosat yanada jiddiy siyosiy va iqtisodiy jarayonlarga olib kelishi mumkin va bu to‘g‘ridan to‘g‘ri BMT nizomini buzish hamdir. Trampning Eronga qarshi qaratilgan siyosati eng avvalo oddiy eronliklarga qarshi qaratilgan siyosat bo‘lib, buni insoniyatga qarshi qaratilgan jinoyat deyish mumkin. Garchi Yevropa Ittifoqi siyosatchilari mazkur jarayonlarni qoralab chiqqan bo‘lsa-da, AQShga qarshi chiqishga botina olmay, Tramp soziga o‘yinga tushmoqda.

    Aslida AQShning mintaqiviy sanksiyalari hech qanday tahlikaga sabab bo‘la olmaydi. AQSh iqtisodiy sanksiyalarni Xitoy, Hindiston, Eron, Yevropa Ittifoqi va Rossiyaga qarshi yo‘naltirganda edi, BMT Xavfsizlik Kengashida AQSh fond-birjasi, dollar va uning yetakchiligiga bo‘lgan iddaosi qarshilikka uchrashi tayin edi. Yoki, AQSh Xavfsizlik Kengashi qaroriga veto qo‘yganida edi, BMTning 193 dan ziyod a’zosi AQShning mintaqiviy sanksiyalariga qarshi oyoqqa turgan bo‘lar edi.

    Yevropa Ittifoqi rahbarlari Trampning Eron, Venesuela, Xitoy va boshqa mamlakatlarga qarshi do‘q-po‘pisalariga xayrixoh bo‘ladigan bo‘lsa, dunyo xavsizligi tahdidi ostida qoladi. Yevropa Ittifoqi hamda aksar amerikaliklar Trampning nosog‘lom dunyoqarashi va o‘ziga maftunlik siyosati ommaviy otishmalar hamda boshqa jinoyatlarga sabab bo‘layotganini e’tirof etishi shart. Tramp siyosatiga qarshi chiqibgina Yevropa Ittifoqi kelajak avlodning farovon hayoti uchun dunyodagi tartib va qoidalarni buzilmasligini kafolatlashi mumkin.

    Brexit oqibatlari

    Britaniya Yevropa Ittifoqidan ajraladigan taqdirda mamlakatning Irlandiya bilan chegarasi ichki chegaradan tashqi chegaraga aylanib qoladi. Bu qanday iqtisodiy oqibatlarga olib kelishini The Telegraph nashri tahlil qiladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Ayni paytda Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqish masalasi haqida so‘z borar ekan, Britaniyaning Irlandiya va Shimoliy Irlandiya bilan chegara masalasi borasidagi boshi berk muammolar to‘siqqa aylangan.

    Brexit tarafdorlari nazarida, Yevropa Ittifoqining o‘z chegarasi daxlsizligi to‘g‘risidagi bahonalari Buyuk Britaniyani bojxona ittifoqi doirasida ushlab qolish va rasmiy Londonni “yumshoq Brexit” kelishuvini imzolashga majbur qilishdan boshqa narsa emas. Ammo Buyuk Britaniyaning bu e’tirozlariga Yevropa Ittifoqiga kechroq qo‘shilgan Polsha kabi davlatlar e’tibor ham bermayapti. Polshaning Ukraina bilan chegarasida Medika shaharchasi mavjud. Bu shaharchada minglab yuk ulovlari Yevropa Ittifoqiga o‘tish uchun turnaqotor navbatda turadi va haydovchilarda bir uyum bojxona nazoratidan o‘tish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar bor. Nazorat o‘ta qattiq. Ruxsatsiz oddiy sendvichni ham olib o‘tib bo‘lmaydi. Ukrainadan Polshaga arzon oziq-ovqat istab kelayotgan ukrainlarning navbati uzilmaydi.

    Rasmiy Bryussel oddiy odamlarning istaklarini inobatga olmagan holda chegarada tartib o‘rnatgan. Bu esa tabiiy o‘zgarishlarga olib kelgan. “Polyak chegarachi xodimlarning kasbiy mahorati o‘sgan, kontrabanda oldi-berdisi ancha qiyinlashgan, vijdonli halol savdogarlar uchun qo‘shimcha rag‘bat paydo bo‘lgan. Bu tartibga hamma ko‘nikdi, qonuniy biznes rivojlandi”, – deydi Pshemisl savdo palatasi rahbari Masey Debitski.

    Lekin bu misol Yevropa Ittifoqining ko‘p a’zolariga Buyuk Britaniyaning Irlandiya bilan chegarasi masalasiga tushunish bilan yondashishiga xalaqit beryapti. Britaniya hukumati Brexit’dan so‘ng  butun chegara bo‘ylab 80 foiz imtiyozga da’vo qilganda Yevropa Ittifoqi rasmiylari maza qilib kulgani ham bor gap. Buyuk Britaniya Brexit’ni yoqlasa, Britaniya Irlandiya munosabatlarida Medikadagi kabi vaziyat yuzaga keladi. Natijada bir uyum hujjat tayyorlanishi, chegaradagi turnaqator navbatlarga va asabni yeydigan uzoq kutishlarga olib keladi.

    Germaniya muammolari

    Qarz ko‘pligidan iqtisodiyot qiynalmoqda. 2010-yillarda siyosatchi va iqtisodiyotchilar ayovsiz iqtisod vasvasiga chalindi. Ularda ishsizlikka qarshi kurash ishtiyoqi so‘ndi, xarajatlarni qisqartirish bosh maqsadga aylandi, deb yozadi The New York Times nashri.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Yaqinda bo‘lib o‘tgan voqealar – sanoat ishlab chiqarishining pasayishi, bozordagi alg‘ov-dalg‘ovlar Oq Uy ma’muriyatining qadriyatlari borasidagi siyosatini qaytadan ko‘rib chiqishiga undashiga boshlashi kerakday edi. Bu ayniqsa Donald Trampning “savdo urushlari yaxshi, ularni osonlik bilan yutib chiqish mumkin” degan fikri tufayli ham muhim edi. Ammo Trampning o‘tmishdagi xatti-harakatlaridan boxabar odam bunday deb o‘ylamaydi.

    Aslida Trampning nazarida iqtisodiy muammolar unga zarar yetkazishni istayotgan bir guruh firnachilar sababli kelib chiqmoqda. Shu bois navbatdagi urush Yevropa Ittifoqiga va uning bojxona, soliqlar va to‘siqlar siyosatiga qarshi qaratilgan bo‘ladi.

    Qiziq jihati shundaki, Yevropa Ittifoqi, xususan, nemis iqtisodiyotining ayrim jihatlari dunyo iqtisodiyoti zarariga ishlamoqda va tanqid qilishga arziydi. Ammo Tramp asosiy masala qolib, Yevropa Ittifoqining bojxona, soliq siyosati AQShga zarba bo‘layotganiga urg‘u bermoqda. Haqiqatda esa Yevropa bozorlari Amerika mahsulotlari uchun ochiq va Xitoynikidan uch barobar ko‘p AQSh mahsulotlari Yevropa bozorlariga kirib kelmoqda.

    Yevropaliklar, xususan, nemislar davlat qarzi bois o‘ziga o‘zi zarar keltirmoqda. Yuqori darajada qolayotgan ishsizlik masalasiga qarshi harakatsizlik oqibatida xarajatlar o‘sib ketgan.

    Germaniya janubiy Yevropa davlatlarini qarzlari ko‘payib ketgani sababli ular xarajatlarini qisqartirishga majbur qildi va bu orqali nemis jamiyatini ham jazoladi. Iqtisodiy qonuniyatga ko‘ra, davlatda ishsizlikning yuqori bo‘lishi davlat defitsiti ham yuqori bo‘lishiga olib keladi. Ammo Germaniya 2012-yilda o‘z defitsitini  yo‘qotishga erishib, budjetini profitsit bilan yakunlab oldi. Garchi Yevropa Ittifoqi hududida ishsizlik darajasi 11 foizlik ko‘rsatkichni ko‘rsatib turgan bo‘lsa-da.

    Shunday ekan, muammo nimada degan savol tug‘iladi. Yevropa surunkali ravishda talab yetishmasligidan azob chekmoqda. Kompaniya va iste’molchilar bandlik darajasi to‘liq bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash uchun kerakli miqdorda mablag‘ sarflashni istamayapti. Bandlik defitsitining yana bir sababi, demografik vaziyat, ya’ni tug‘ilish sonining kamayishi, mehnatga yaroqli aholi sonining ozayishi yangi uy-joy, binolar qurilishining kamayishiga olib kelmoqda. Yevropa markaziy banki surunkali defitsitga qarshi chora sifatida hattoki bank foiz stavkalarini ancha pasaytirdi. Ammo, ekspertlar nazarida, bu siyosatdan naf yo‘q. Ayrim moliyachilar esa salbiy foiz stavkalari moliya sohasining zarariga ishlaydi ham deyishmoqda. Qanday bo‘lishidan  qat’iy nazar, bugun Yevropaning ko‘pgina davlatlari retsessiyani boshidan kechirmoqda va Yevropa Ittifoqi Markaziy banki bunga qarshi kurasha olmasa kerak. Bu kabi muammolar, o‘z navbatida, yevroning qadrini ham tushirmoqda hamda Amerika mahsulotlarining raqobatbardoshligiga ham ta’sir qilmoqda. Natijada AQSh ishlab chiqarishining pasayishiga ham olib kelmoqda. Trampning mazkur masalada Yevropani ayblashi ham to‘g‘ri emas, tanqid, ayblovlar muammoni hal qilmaydi.

    Vaziyatni qanday o‘nglasa bo‘ladi, degan savolga nemis siyosatining o‘zigina muammolarni hal qilishi mumkin deyish mumkin. AQSh Germaniyani siyosatini o‘zgartirishga majbur qila olmaydi.

    Bir narsa aniqki, AQSh Yevropa Ittifoqi bilan savdo urushiga kirishadigan bo‘lsa, buning oqibatlari Amerika–Xitoy savdo urushidanda og‘irroq oqibatlarni keltirib chiqaradi. Ammo Tramp keskin siyosatni ma’qullamoqda.

    Respublikachilarni larzaga keltirgan maqola

    AQShda qullik boshlanganiga 400 yil to‘lishi munosabati bilan The New York Times irqiy tengsizlik tarixi haqida ulkan loyihani nashr etdi. Nufuzli respublikachilar bu maqolaga “yolg‘on” va “propaganda” tamg‘asini bosib, nashrni SSSRning “Pravda” gazetasi bilan tenglashtirdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Maqola olimlarda, publitsitlarda va demokratik partiya siyosatchilarida ijobiy taassurot uyg‘otgan bo‘lsa, respublikachilar va konservativ siyosatchilar nashrni tarixni qayta yozishga urinish hamda irqchilik urug‘ini yoyishda ayblab chiqdi.

    “Pulitser markazi” tashkiloti hatto nashr maqolasi yordamida maktablardagi tarix darslari o‘tilishi uchun o‘quv rejasini ishlab chiqdi. Kaliforniya shtatidan bo‘lgan senator va demokratik partiyadan nomzod Kamala Xarris maqoladagi ma’lumotni “ishonarli va tariximiz bilan quvvatlangan” deya baholadi.

    Kamala Xarris Twitter’dagi sahifasida “Bugungi muammolarga qanday kelganimizni tariximiz haqidagi haqiqatni tushunmasdan va bilmasdan hal qila olmaymiz”, – deb yozdi.

    https://twitter.com/KamalaHarris/status/1162122797726015489

    New York Times’ni tarixni qayta yozishga urinishda Washington Times va Washington Examiner nashrlari ayblov maqolalari bosib chiqardi.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    24.08.2019, 18:16   Izoh (0)   127469
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Putin Amerikaning kruiz raketalari sinovlariga “simmetrik javob” tayyorlashni buyurdi

    24.08.2019, 12:25

    KXDR yana Yapon dengizi tomon raketa uchirdi

    24.08.2019, 12:06

    AQSh Grenlandiyada Bosh konsulxona ochmoqchi

    24.08.2019, 11:23

    Germaniyada bir haftada ikkinchi bor mashina o‘g‘irlagan 8 yoshli bolakay avariyaga uchradi

    24.08.2019, 09:50

    Tunisda prezidentlikka nomzod bo‘lgan biznesmen korrupsiyada ayblanib qo‘lga olindi

    24.08.2019, 09:30

    Tramp Amerika kompaniyalarini Xitoydan chiqib ketishga chaqirdi

    24.08.2019, 08:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.