Germaniyada 8 yoshli bolakay bir hafta ichida ikkinchi bor ota-onasining mashinasi minib qochdi, biroq bu safar avariyaga uchradi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Zoest shahrida yashovchi bolakay yarim tunda avtomat uzatmalar qutisiga ega Volkswagen Golf avtomobilini minib Dortmund tomon harakatlangan. Yo‘ldagi boshqa haydovchilar avtomobil katta tezlikda harakatlanayotgani, uning rulida o‘tirgan yosh haydovchi svetaforning qizil signali va yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmayotganini payqab qolgan.
Politsiyachilar avtomobilni qidirguniga qadar bolakay yana avtomagistral bo‘ylab harakatlanib, tezlikni soatiga 180 kilometrga chiqargan. Shundan so‘ng u yuk mashinasi tirkamasiga borib urilgan. Avariya oqibatida mashinaga jiddiy jarohat yetgan, biroq bolakay sog‘-omon.
8 yoshli bolakay birinchi bor mashinani 21-avgust kuni minib qochgan. O‘shanda tezlikni soatiga 140 kilometrgacha chiqargan va boshqaruvni eplay olmagani sabab mashinani to‘xtatishga qaror qilgan. Bunda na mashinaga va na boshqa odamlarga jarohat yetmagandi. Polisiya bolakayning uyiga borib, og‘zaki ogohlantirish berib kelgan.
Bolaning onasiga ko‘ra, o‘g‘li tez-tez kartingga borib turadi va attraksionlarda ham asosan mashina haydaydi.
Izoh (0)