Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani “Qorasuv” MFYda yashovchi 53 yoshli S.D., 22-avgust kuni Yangibozor qo‘rg‘onida o‘zaro janjal tufayli 29 yoshli o‘g‘li Z.E.ni pichoq bilan jarohatlagan. Oqibatda Z.E. kasalxonaga yotqizilgan.
IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, S.D. ushlangan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)