Moskva va Kiyev hibsda saqlanayotganlarni o‘zaro almashish haqida dastlabki kelishuvga erishdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Jarayon Rossiyada saqlanayotgan 33 nafar ukrainalik va Ukrainada tutib turilgan shuncha rossiyalikni qamrab oladi.
Mazkur almashuv avgust oyi oxirigacha amalga oshirilishi mumkin. Unga Kerch bo‘g‘ozida qo‘lga olingan dengizchilar ham kiritiladi.
Izoh (0)