Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahridagi Rio-Niteroy ko‘prigida qurollangan erkak avtobus yo‘lovchilarini garovga oldi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Globo telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, yovuz niyatli harbiy politsiya ofitseridir.
Hodisa joyiga maxsus topshiriqli bo‘linmalar yetib kelgan, jangchilar avtobusga benzin quyib yuborish bilan tahdid qilayotgan yovuz niyatli bilan muzokaralar olib bormoqda. U aynan qanday talablarni ilgari surayotgani noma’lum.
Ayni paytda huquq-tartibot organlari besh nafar shaxsni garovdan ozod qilishga erishgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobusda yana 17 yo‘lovchi qolmoqda.
Izoh (0)