Indoneziya sharqidagi G‘arbiy Papua provinsiyasidagi ommaviy tartibsizliklar paytida 258 nafar mahbus qochdi. “Korrespondent.net”ning yozishicha, bu haqda 20-avgust kuni mamlakat axloq tuzatish muassasasi bo‘limi boshlig‘i Ade Kusmanto ma’lum qilgan.
“Namoyishchilar davlat muassasalariga o‘t qo‘yganidan keyin qamoqxona binosiga yo‘l olgan. Ular binoga qarata tosh otib, mahkumlarni qochishga undagan”, — degan Kusmanto. Uning so‘zlariga ko‘ra, mahbuslarning 258 nafari qochishga erishgan, ularning ayrimlari qo‘lga olingan.
Ma’lum bo‘lishicha, ommaviy norozilik yuzaga kelishiga 18-avgust kuni Yava orolida indoneziyaliklar va papuaslar o‘rtasida yuzaga kelgan mojaro sabab bo‘lgan. Ya’ni Surabaya shahrining aholisi boshqa joydan kelganlarni Indoneziya Mustaqillik kunini nishonlamaganlikda ayblagan.
Izoh (0)