• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Maguayr, Feliks, Ronaldu. Dunyoning eng qimmat futbolchilaridan tuzilgan ramziy terma jamoa haqida

    So‘nggi yillarda futbol muxlislari katta transferlar guvohiga aylandi. Quyida maydondagi amplualari bo‘yicha transfer rekordlari haqida suhbatlashamiz.

    Darvozabon — Kepa Arrisabalaga (“Chelsi”)

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter
    Tibo Kurtuaning “Real”ga o‘tib ketishi sabab, “Chelsi” yangi darvozabon uchun rekord miqdorda pul sarflashiga to‘g‘ri keldi. “Aristokratlar” “Atletik” posboni Kepa Arrisabalaning transferiga 80 million yevro sarfladi. “Chelsi” bu orqali nafaqat iste’dodli darvozabonga ega bo‘ldi, balki biroz vaqt muqaddam “Liverpul” tomonidan o‘rnatilgan rekordni ham yangiladi.

    O‘ng qanot himoyachisi — Aaron Uan-Bissaka (“Manchester Yunayted”)

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter
    Ko‘pchilik tanimaydigan futbolchi uchun “Manchester Yunayted” 55 million yevro to‘lashdan qo‘rqmadi. Natijada Aaron Uan-Bissaka dunyoning eng qimmat o‘ng qanot himoyachisiga aylandi. 21 yoshli himoyachi Manchester klubi bilan 5+1 ko‘rinishidagi shartnomaga imzo chekdi. Futbolchining o‘yiniga qarab, uning shartnomasi bir yilga avtomatik ravishda uzaytirilishi mumkin.

    Markaziy himoyachi — Harri Maguayr (“Manchester Yunayted”)

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter
    Dunyoning ayni damdagi eng qimmat himoyachisi — Harri Maguayr. “Manchester Yunayted” futbolchi uchun “Lester”ga 88 million yevro to‘lashiga to‘g‘ri keldi. “Qizil iblislar” Maguayrga yil davomida qiziqish bildirib keldi, ammo uning transferi hadeganda hal bo‘lavermadi. “Lester” ham futbolchining narxini ko‘tarishdan charchamadi va tomonlar oxir-oqibat 88 million yevrolik narxda kelishuvga erishdi. Hozircha futbolchi mavsumni yomon boshlamadi. “Chelsi”ga qarshi o‘yinda “Manchester Yunayted” o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan holda yirik hisobda g‘alaba qozondi.

    Markaziy himoyachi — Matteys de Ligt (“Yuventus”)

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter
    “Keksa sinyora” so‘nggi mavsum nafaqat A Seriyada g‘olib chiqdi, balki “tilla bola” uchun transferlar bozoridagi jangda ham muvaffaqiyatga erishdi. 2019-yil Yevropa maydonlarida shovqin-suron “Ayaks”ning 19 yoshli sardori uchun “Yuventus” 85,5 million yevrodan kechishiga to‘g‘ri keldi. Turin klubi muxlislari esa de Ligt tez orada Jorjio Kyellinining o‘rnini egallashiga qattiq ishonmoqda.

    Chap qanot himoyachisi — Benjamen Mendi (“Manchester Siti”)

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter
    2017-yilda “Manchester Siti” “Monako”dan yana bir yirik transferni amalga oshirdi. “Shaharliklar” Benjamen Mendi uchun knyazliklarga 57,50 million yevro to‘ladi. Natijada Mendi o‘sha vaqtdagi jahonning eng qimmat chap qanot himoyachisiga aylandi. Va bu nom hozirgacha ham saqlanib turibdi. Ammo futbolchi jarohatlar sabab ko‘p ham maydonga tushayotgani yo‘q. Biroq u jarohat bilan bo‘lsa-da, “Siti” bilan sovrinlarni qo‘lga kiritishda davom etmoqda. So‘nggi vaqtlarda esa Xosep Gvardiola Mendidan ko‘ra, ukrainalik Oleksandr Zinchenkoga ishonch bildirmoqda.

    Yarim himoyachi — Pol Pogba (“Manchester Yunayted”)

    Foto: “Chempionat”

    Foto: “Chempionat”
    Yana bir transfer rekordlaridan biri “Manchester Yunayted”ga tegishli. Pol Pogbani “Yuventus”dan qaytarib olishni xohlagan “qizil iblislar”ning 105 million yevro to‘lashiga to‘g‘ri kelgan. Pogba esa bu pullarga haqiqatda ham arzishini bir necha yildan beri mankunianlar safida isbotlashga harakat qilib kelmoqda. So‘nggi vaqtda esa uning Manchesterda baxtsiz ekanligi va “Real”ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar avjiga chiqdi.

    Yarim himoyachi — Joa Feliks (“Atletiko Madrid”)

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter
    “Atletiko” 2019-yil yozgi transferlar vaqtida ko‘pchilik ajablantirgan holda yirik transferlarni amalga oshirdi. Xususan, 127 million yevro evaziga portugaliyalik yangi yulduz, 19 yoshli Joau Feliksni “Benfika”dan sotib oldi. Madrid klubi Feliksga “Barselona”ga o‘tib ketgan Antuan Grizmanning o‘rinbosari sifatida qaramoqda. Mavsumoldi yig‘inlarida Feliks juda sermahsul o‘yin ko‘rsatdi va o‘zi uchun sarflangan millionlar bejiz ketmaganini isbotlashga tushdi hisob.

    Yarim himoyachi — Filippe Koutinyo (“Barselona”)

    Foto: Twitter/@FCBayern

    Foto: Twitter/@FCBayern
    “Barselona” Neymarni sotib yuborgach, uning o‘rniga boshqa bir braziliyalik futbolchini olib kelishga qaror qildi. Ammo katalonlar uchun bu arzonga tushmadi. Klub Filippe Koutinyo uchun “Liverpul”ga 145 million yevro to‘lashiga to‘g‘ri keldi. Biroq braziliyalik futbolchi “Barselona”da uzoq saqlanib qolmadi. 2019-yil 19-avgust kuni Koutinyo ijara asosida “Bavariya” o‘yinchisiga aylangani e’lon qilindi. Myunxen klubi kelasi mavsum so‘ngida futbolchini sotib olish huquqini ham qo‘lga kiritdi.

    Hujumchi — Kilian Mbappe (PSJ)

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images
    1958-yilgi Jahon Chempionatida Pele yosh bo‘lishiga qaramay final uchrashuvida gol urishga erishgandi. 2018-yilga kelib uning rekordini fransiyalik Kilian Mbappe yangilashga erishdi. JCh—2018 dagi o‘yinlari orqali fransuz Ronaldu va Messiga o‘rinbosar paydo bo‘lganini isbotlab bergandek bo‘ldi. PSJ esa o‘ylab o‘tirmasdan futbolchi uchun 135 million yevroni “Monako”ning hisob raqamiga o‘tkazib berdi. Hozirda esa futbolchi PSJning ishongan tog‘iga aylangan.

    Hujumchi — Krishtianu Ronaldu  (“Yuventus”)

    Foto: Twitter/@juventusfc

    Foto: Twitter/@juventusfc
    “Yuventus” bir muddat “Real”ning ketma-ket Yevropa Chempionlar Ligasidagi g‘alabalari sirlarini o‘rganishga harakat qildi. V bu sir — Krishtianu Ronalduda ekanligini tushunib yetdi. 10 yildan beri barqaror o‘yin ko‘rsatib kelayotgan portugaliyaliksiz yevroarenada g‘alaba qozonish imkonsiz ishdek ekanligini his qilgan turinliklar Ronalduni 120 million yevro evaziga “Real”dan sotib oldi. Ronaldu ushbu ro‘yxatdagi eng yoshi katta futbolchi. Ammo u bu pullarga ishlaydi. U A Seriyadagi ilk mavsumida 21 ta gol urib, chempionga aylandi. Biroq Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonishning uddasidan chiqa olmadi.

    Hujumchi — Neymar (PSJ)

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    So‘nggi vaqtlarda PSJdan ketishi kutilayotgan Neymar uchun parijliklar 222 million yevro to‘lagandi. “Barselona” esa uni “Santos”dan olib kelish uchun 2013-yilda 88 million yevroning bahridan o‘tgandi. Ko‘plab muxlislar hamon Neymarning “Barselona” afsonasi bo‘lishdan voz kechib, PSJga o‘tib ketganini tushunmaydi. Uning statistikasi ham yomon emasdi — 186 ta o‘yin, 105 ta gol. Ammo qatarlik shayxlarning puliga rad javobini berish juda ham mushkul.

    FootballHD materiali asosida Asror Abdunazarov tayyorladi.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    19.08.2019, 18:33   Izoh (0)   27810
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Santos” sobiq prezidenti: Neymar “Real”ga o‘tmasligi uchun uning otasiga 1 mln dollar to‘lagandim

    19.08.2019, 17:23

    O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasiga yangi rahbar saylandi

    19.08.2019, 17:20

    “Bavariya” ilk turdayoq “qoqildi”, “Borussiya D” esa mavsumni 5:1 hisobi bilan boshladi. Bundesligada tur tafsilotlari

    19.08.2019, 15:41

    Tayson Fyuri: Yana kim bilan jang qilishim kerak? Biri Rossiyaga qochib ketdi, yana bittasi Bolgariyaga

    19.08.2019, 15:07

    “Barselona” yutqazgan, “Real” chiroyli gollar urgan, “Atletiko”ning 126 mln yevrolik yulduzi jarohat olgan La Liganing 1-tur tafsilotlari

    19.08.2019, 14:06

    “Bavariya” Koutinyo transferini e’lon qildi

    19.08.2019, 13:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent viloyatida 2 nafar ichki ishlar xodimi katta miqdorda pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 18 may, 14:15

    Instagram: Ozoda Nursaidova nega ozib ketdi? Sabrina Jabborova “Gelik” rulidagi qizni kechirdi, Maryam Tillayeva Kann kinofestivalida qatnashmoqda

    Shou-biznes | 18 may, 13:50

    Google sun’iy intellektga asoslangan yangi ko‘zoynak taqdim etdi

    Dunyo | 18 may, 13:25

    “Barselona” futbolchisining “Manchester Siti”ga o‘tishi rad etildi

    Sport | 18 may, 13:23

    O‘zbekiston merganlari Turkiyadagi musobaqada birinchi o‘rinni oldi

    O‘zbekiston | 18 may, 12:30

    “Real Madrid” Rodrigoga o‘rinbosar topdi

    Sport | 18 may, 11:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.