• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Barselona” yutqazgan, “Real” chiroyli gollar urgan, “Atletiko”ning 126 mln yevrolik yulduzi jarohat olgan La Liganing 1-tur tafsilotlari

    Muxlislar katta futbolni sog‘inib qolgan Ispaniya La Ligasida ham yangi mavsumga start berildi. 16-19-avgust kunlari 2019/20-yilgi mavsumning 1-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Mavsum boshi bo‘lishiga qaramay, jamoalar bir muncha sermahsul o‘yin namoyish etdi. Tur o‘z navbatida kutilmagan va kutilgan natijalari bilan yodda qoldi. “Daryo” esa an’anaga muvofiq tur tafsilotlari bilan bo‘lishadi.

    “Atletik Bilbao”—“Barselona”

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter
    Mavsumni va turni amaldagi chempion “Barselona” safarda Bilbaoning “Atletik”ka qarshi o‘yin bilan boshlab berdi. Ernesto Valverde mazkur o‘yinda jarohat sabab Leo Messining xizmatlaridan foydalana olmadi. Va bu safar ham“Barselona” Messisiz umuman boshqa jamoaga aylanib qolishini isbotladi. Aksiga olib, “Barselona” birinchi bo‘lim so‘ngiga kelib, jarohat sabab Luis Suaresdan ham ayrildi. Shundan so‘ng na Usmon Dembele va na 120 million yevro evaziga yozgi transferlar vaqtida olib kelingan Antuan Grizmanning o‘yini o‘xshadi. Uchrashuv taqdirini esa zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Arits Aduris hal qildi. 38 yoshli ispaniyalik hujumchi 88-daqiqada yaqinda “Atletik” bilan 9 yillik shartnoma imzolagan Inyaki Uilyams o‘rniga maydonga tushdi va oradan bir daqiqda o‘tib, o‘sha “qariya” Mark Andre ter-Shtegen darvozasiga “qaychi” usulida gol urdi. Shu tariqa basklar o‘z maydonida o‘tgan o‘yinda amaldagi chempionni tiz cho‘ktirishga erishdi.

    “Selta”—“Real”

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Azaliy raqibi mag‘lubiyatga uchraganidan boxabar bo‘lib maydonga tushgan Zinedin Zidan shogirdlari Vigoda “Selta”dan ustun keldi. Mavsum avvalida Rodrigo, Militao, Yovich, Azar kabi futbolchilarni safiga qo‘shib olgan “Real” “Selta” bilan o‘yinga ko‘plab yo‘qotishlar bilan borgandi. Jumladan, Markos Asensio, Ferlan Mendi va Eden Azar jarohati sabab madridliklarga yordam bera olmadi. Ammo ularning yo‘qligini Garet Beyl, Toni Kroos va Karim Benzema kabi o‘yinchilar bildirmadi. O‘yinda hisobni jamoadan ketishi ovoza qilingan Garet Beylning qoyilmaqom uzatmasidan so‘ng Karim Benzema ochdi. Birinchi bo‘lim 0:1 hisobida “Real”ning ustunligi bilan yakunlandi. Ikkinchi bo‘limning 56-daqiqasida Luka Modrich Denis Suaresga nisbatan qo‘pol o‘ynadi. Hakam esa VAR yordamida Modrichga qizil kartochka ko‘rsatdi. Qayd etish joiz, Luka Modrich “Real”dagi 7 yillik faoliyatida birinchi, 16 yillik futbolchilik faoliyatidagi ikkinchi qizil kartochkasini oldi. Bir kishi kam bo‘lib qolganiga qaramay “Real” yana ikki bor Ruben Blanko darvozasini ishg‘ol qildi. Avvaliga Kroos o‘zining o‘ta kuchli zarbasi bilan chiroyli gol sohibi bo‘lgan bo‘lsa, zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Lukas Vaskes esa Marselo—Isko—Benzema kombinatsiyasiga chiroyli yakun yasadi. “Selta” esa sondagi ustunlikdan foydalanib, uchrashuv asosiy vaqtining so‘nggi daqiqasida gol urib, hisobni biroz qisqartirishga erishdi.

    Shu tariqa “Real” mavsumni ishonchli g‘alaba bilan boshladi.

    “Valensiya”—“Real Sosyedad”

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter
    O‘tgan mavsum yakuniga ko‘ra, kuchli to‘rtlikka kirib Chempionlar Ligasiga qaytishni uddalagan “Valensiya” mavsumni omadsiz boshladi. “Ko‘rshapalaklar” ilk turda “Real Sosyedad”ni “Mestalya”da mehmon qildi. Avvaliga 58-daqiqada Kevin Gameyro mehmonlar darvozaboni Migel Anxel Moyyani ranjitdi. Hammasi “Valensiya” g‘alabasi tomon ketayotgan edi. 95-daqiqada Gameyro Denis Cherishevga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun belgilangan penaltini ko‘kka sovurdi. O‘yinga qo‘shib berilgan so‘nggi daqiqada esa “Real Sosyedad” penalti tepish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Fransis Koklen jarima maydonchasi ichida to‘pni qo‘li bilan o‘ynagani uchun ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi. Penaltini esa yoshlar o‘rtasida Yevropa chempionatida Ispaniya termasi bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Mikel Oyarsabal aniq amalga oshirdi.

    “Vilyarreal”—“Granada”

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Turning eng sermahsul o‘yini esa “Estadio de la Seramika” stadionida kechdi. Unda mezbon “Vilyarreal” “Granada” bilan haqiqiy jangga kirishdi. Birinchi bo‘limda muxlislar ikkita penaltidan kiritilgan gollarning guvohi bo‘ldi. Mezbonlar safida Santi Kasorla o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, mehmonlardan Viko hisobni tenglashtiruvchi golga mualliflik qildi. Ikkinchi bo‘limda esa hisobda quvlashmachoq boshlandi. Moyses Gomes 53-daqiqada mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 62-daqiqada esa Machis muvozanatni tikladi. Oradan 3 daqiqa o‘tib, Jerar Moreno mezbonlarning uchinchi golini urdi. 73-daqiqada Chukvueze “sariq suvosti kemasi”ning hisobdagi ustunligini yana bitta golga oshirdi. Oradan hech qancha o‘tmay Roberto Soldado hisobni qisqartirgan bo‘lsa, 81-daqiqada “Granada” a’zosi Puertas o‘yindagi so‘nggi golga mualliflik qildi.

    Shu tarzda tomonlar 4:4 hisobidagi jangovar durangga imzo chekdi.

    “Espanyol”—“Sevilya”

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter
    “Real” sobiq ustozi Xulen Lopetegi qo‘l ostiga o‘tgan “Sevilya” Kataloniya shahriga safar qilib, “Espanyol”dan ustun keldi. Uchrashuvda hisobni 44-daqiqada “Real”dan ijaraga olingan Serxio Regilon ochdi. Ikkinchi gol esa 86-daqiqada Nolito tomonidan kiritildi. Qayd etish joiz, Regilon ikkinchi golda assistent vazifasini bajarib berdi.

    “Atletiko Madrid”—“Xetafe”

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Turning so‘nggi o‘yini esa Madridda bo‘lib o‘tdi. Yozgi transferlar vaqtida mablag‘ni ayamagan “Atletiko” o‘tgan mavsum kuchli beshlikka kirgan “Xetafe”ni qabul qildi. Uchrashuvdagi yagona gol 23-daqiqada “Real” tarbiyalanuvchisi Alvaro Morata tomonidan kiritildi. Morata “Tottenhem”dan olib kelingan Kiran Trippyerning uzatmasini Soriya darvozasiga joylab qo‘ydi. Asabiy tarzda kechgan o‘yinning 38-daqiqasida “Xetafe” a’zosi Molina to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka bilan jazolangan bo‘lsa, oradan 4-daqiqa o‘tib, mezbonlar himoyachisi Lodi ikkinchi sariq kartochkasini olib maydonni erta tark etdi. Ikkinchi bo‘lim esa Joau Feliksning kichik jarohat olib maydonni tark etishi bilan esda qoldi. 126 million yevroga xarid qilingan portugaliyalik yosh yulduz avvaliga qoyilmaqom yurishidan so‘ng penalti ishladi. Uni Morata ko‘kka sovurdi. Oradan 6 daqiqa o‘tib esa futbolchi oyoq mushaklaridagi og‘riq sabab o‘z o‘rnini “Real”dan olib kelingan Markos Lyorentega bo‘shatib berdi.

    Uchrashuvlarda kiritilgan gollarni “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’da tomosha qilishingiz mumkin.

    La Liga

    1-tur bahslari

    16-avgust, juma

    “Atletik Bilbao”—“Barselona” 1:0

    Gol: 1:0 — 89 Aduris

    “Selta”—“Real” 1:3

    Gollar: 0:1 — 12 Benzema, 0:2 — 61 Kroos, 0:3 — 80 Vaskes, 1:3 — 90 Losada

    17-avgust, shanba

    “Valensiya”—“Real Sosyedad” 1:1

    Gollar: 1:0 — 58 Gameyro, 1:1 — 90, penalti, Oyarsabal

    “Malyorka”—“Eybar” 2:1

    Gollar: 1:0 — 4 Dani Rodriges, 1:1 — 57 Oliveyra, 2:1 — 75, avtogol, Oliveyra

    “Leganes”—“Osasuna” 0:1

    Gol: 0:1 — 75 Chimi Avila

    “Vilyarreal”—“Granada” 4:4

    Gollar: 1:0 — 35, penalti, Kasorla, 1:1 — 45, penalti, Viko, 2:1 — 53 Moyses Gomes, 2:2 — 62 Machis, 3:2 — 65 Jerar Moreno, 4:2 — 73 Chukvueze, 4:3 — 75 Soldado, 4:4 — 81 Puertas

    18-avgust, yakshanba

    “Alaves”—“Levante” 1:0

    Gol: 1:0 — 54 Xoselu

    “Espanyol”—“Sevilya” 0:2

    Gollar: 0:1 — 44 Regilon, 0:2 — 86 Nolito

    “Betis”—“Valyadolid” 1:2

    Gollar: 0:1 — 63 Gvardiola, 1:1 — 68 Moron, 1:2 — 89 Plano

    “Atletiko Madrid”—“Xetafe” 1:0

    Gol: 1:0 — 23 Morata

    Foto: La Liga

    Foto: La Liga

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    19.08.2019, 14:06   Izoh (0)   46374
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Bavariya” Koutinyo transferini e’lon qildi

    19.08.2019, 13:44

    RPL. “Rostov” mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi

    18.08.2019, 21:05

    Aleksis Sanches A Seriya klubi bilan kelishuvga erishdi

    18.08.2019, 14:42

    “Real” 818 kun deganda ilk bor “Barselona”ni ortda qoldirdi

    18.08.2019, 11:49

    Paolo Maldini ikkita transferni hal qilish uchun Madridga boradi

    17.08.2019, 21:26

    “Barselona” “Yuventus” futbolchisi uchun kurashga qo‘shildi

    17.08.2019, 20:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.