Xorazm viloyatida o‘g‘rilik jinoyati fosh etildi, deb xabar beradi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
15-avgustdan 16-avgustga o‘tar kechasi noma’lum shaxs Xorazm viloyatining Urganch tumani “Anjirchi” mahallasida yashovchi 32 yoshli A.J.ga tegishli shu mahallada joylashgan oziq-ovqat do‘koni eshigini buzib kirib, u yerdan 700 000 so‘m pulini o‘g‘irlab ketgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Urganch shahrida yashovchi 29 yoshli T.S. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)