19-avgust kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov boshchiligidagi delegatsiya Songdo shahrida (Koreya respublikasi) Yashil iqlim fondini dasturlashtirish bo‘yicha global konferensiyada ishtirok etadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Konferensiya ishida ishtirok etish doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Yashil taraqqiyot global instituti va Yashil iqlim fondi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qilish uchun ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Izoh (0)