Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari tomonidan shartnoma asosida pulli xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilash to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi, deb xabar beradi “Huquqiy axborot”.
Endilikda, shartnoma asosida turistlarni kuzatib borish hamda turizm namoyishi obyektlarida jamoat tartibini saqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun tegishli Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasiga murojaat qilinadi.
Xizmat ko‘rsatish tariflari Ichki ishlar vazirligi tomonidan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Hujjat haqidagi to‘liq ma’lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.
Izoh (0)