O‘zbekistondagi Geydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi loyihasiga ko‘ra ilk marotaba “Ozarbayjon-o‘zbek va o‘zbek-ozarbayjon lug‘ati” nashr etildi.
Mazkur loyihani amalga oshirishda Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasining Nizomiy nomidagi tilshunoslik instituti va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi xodimlari, har ikki davlat olimlari faol ishtirok etdi.
Lug‘atga jami 23 mingdan ortiq so‘z va ibora, har ikki tilda qo‘llaniladigan transkripsiyalar kiritilgan.
Ushbu ikki til tarixiy taraqqiyot yo‘li turlicha bo‘lishiga qaramay, turk tili ularning asosini tashkil etadi. Ozarbayjon tili singari o‘zbek tili ham turkiy tillarning o‘g‘uz va qarluq til guruhiga kiradi. Umumfoydalaniladigan lug‘atni chop etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ushbu tillar o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prikni yaratishdir.
Izoh (0)