Pokiston rasmiylari Kashmir atrofidagi vaziyat sababli Hindiston bilan savdo aloqalarini to‘xtatdi. Bu haqda Pokiston savdo vazirligi bayonotida ma’lum qilingan.
“Hukumat Hindiston bilan ikki tomonlama savdo aloqalarini to‘xtatadi. Bu qaror zudlik bilan kuchga kiradi”, — deyiladi hujjatda.
Shuningdek, Pokiston tomoni Lahor—Dehli avtobus yo‘nalishini ham to‘xtatishga qaror qildi. Bu ikki davlatni birlashtirib turgan yagona jamoat transporti turi edi.
Izoh (0)