• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    G‘uzorda farzandlarini yolg‘iz tarbiyalayotgan nogiron ona 6 yildan beri faryod chekmoqda. Xotin-qizlar qo‘mitasi eshitmayaptimi?

    “Daryo” tahririyatiga Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida yashovchi Sabohat Urinova murojaat qilib, 6 yildan beri tuman hokimligiga qatnasa-da, uy bilan bog‘liq muammosi hal bo‘lmayotganidan shikoyat qilmoqda.

    Murojaatchi 2 nafar farzandini yolg‘iz tarbiyalayotganini, o‘zi esa yolg‘iz ona bo‘lishiga qaramasdan I guruh nogironi ekanligini aytmoqda.

    “Daryo” muxbiri muammoni o‘rganish maqsadida G‘uzor tumanining “Tinchlik” mahalla, Tutzor ko‘chasida bo‘ldi.

    “Tinchlik” MFY.

    “Tinchlik” MFY.
    Foto: “Daryo”

    — 2013-yildan buyon tuman hokimligi ostonasiga qatnayman, ammo uy bilan bog‘liq muammoyim hal bo‘lmaydi, — deydi Sabohat Urinova. — Bu vaqt mobaynida tumanda 4 ta hokim almashdi.

    Ma’lum bo‘lishicha, Sabohat Urinova 2013-yildan beri turmush o‘rtog‘i Akmal Yo‘ldoshev bilan birga yashamaydi. Ammo qonuniy nikoh ham bekor bo‘lmagan. Urinovaning aytishicha, u yashab kelayotgan uy turmush o‘rtog‘ining akasi Anvar Aminovga tegishli. Sabohat Urinovaga yashab kelayotgan uyidan birov chiq demagan, albatta. Biroq u turmush o‘rtog‘i bilan joriy yilning 20-avgust kuniga mo‘ljallangan sudda qonuniy ajrashgach, uyni olib qo‘yishlaridan xavotirda. Boisi, hujjat ishlari chatoq. Shu boisdan ham tuman hokimligiga murojaat qilib, ijtimoiy og‘ir ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga mo‘ljallangan uylardan berilishini so‘ragan. Yillar davomida uy-joyga muhtojligi borligini, yashab turgan uyini olib qo‘yishlari mumkinligini aytib kelgan. Tuman xotin-qizlar qo‘mitasi esa ayolning “qo‘ynini puch yong‘oqqa to‘ldirishdan” nariga o‘tmagan.

    Sabohat Urinova.

    Sabohat Urinova.
    Foto: “Daryo”

    — Har safar borsam, bo‘ldi uy beramiz, muammoyingizni hal qilamiz deb aldashadi, — deydi Sabohat Urinova.

    Tutzor ko‘chaboshisi Latofat Choriyeva hamda shu ko‘chada yashovchi Shahlo Norqulovalar Sabohat Urinovaning ahvoli juda og‘irligini aytib, muammoga tuman hokimligi xotin-qizlar qo‘mitasi beparvo bo‘lib kelayotganligini ta’kidlamoqda.

    Latofat Choriyeva.

    Latofat Choriyeva.
    Foto: “Daryo”

    — Ko‘chaboshi sifatida ham, qo‘shni sifatida ham Sabohatning ahvoli og‘irligini ko‘p aytganman, — deydi Latofat Choriyeva. — Ammo haqiqatni aytib, mutasaddilar ko‘ziga yomon ko‘rinamiz, xolos.

    “Tinchlik” MFY kotibi Alisher Boboqulovning aytishicha, haqiqatdan ham Sabohat Urinovaning avholi juda og‘ir. Bu borada Sabohat Urinova tuman hokimligi hamda viloyat hokimligiga ham murojaat qilgan.

    G‘uzor tumani hokimligi.

    G‘uzor tumani hokimligi.
    Foto: “Daryo”

    — Murojaat bo‘yicha o‘rganishga kelishib, uyi bor degan xulosada ketishyapti, — deydi Alisher Boboqulov. — Lekin bular yashab turgan uy qaynog‘asining nomida. Ertaga tortib olsa, biz ham yordam berolmaymiz.

    G‘uzor tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Nafisa Shukurova murojaatchi Sabohat Urinovani ko‘p joylarga takror-takror murojaat qilishda ayblab, “sabrsiz” deb atamoqda.

    “Tinchlik” mahallasining xotin-qizlar bo‘yicha mutaxassisi Gulmira Qiyomova Sabohat Urinovaning ahvoli 2018-yilda uy-joy berilgan va 2019-yilda ham uy-joy berilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy og‘ir ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarning ahvolidan-da og‘ir ekanligini ta’kidlab, Sabohat Urinovaning turmush o‘rtog‘i bergan va’da ularni chalg‘itganini aytmoqda.

    Gulmira Qiyomova.

    Gulmira Qiyomova.
    Foto: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lishicha, Sabohat Urinovaning turmush o‘rtog‘i Akmal Yo‘ldoshev 2018-yil yanvar oyida bolalari yashab turgan uyni ularning nomiga o‘tkazib berishini aytib, rozilik bergan. Ammo oradan shuncha vaqt o‘tsa-da, va’dasini bajarmagan. Tuman xotin-qizlar qo‘mitasi ham shu va’daga ishonib, qariyb ikki yildan beri Sabohat Urinovaning muammosini hal qilmay kelgan.

    Sabohat Urinovaning yashash uyi.

    Sabohat Urinovaning yashash uyi.
    Foto: “Daryo”

    G‘uzor tuman xotin-qizlar qo‘mitasidan ma’lum qilinishicha, tumanda 2018-yil 6 nafar ayolga Vazirlar Mahkamasining 285-sonli qaroriga asosan dastlabki badal to‘lovlari to‘langan uy-joy berilgan bo‘lsa, 2019-yil ham 6 nafar ayol ro‘yxatga kiritilgan. Uy-joy beriladi. Ammo bu ro‘yxatda Sabohat Urinova yo‘q, albatta.

    Sabohat Urinovaning yashash uyi.

    Sabohat Urinovaning yashash uyi.
    Foto: “Daryo”

    2019-yil uy-joy berilishi mo‘ljal qilingan ayollar ro‘yxatiga ko‘z yugurtirganimizda 6 nafar ayolning 4 nafari hozirda turmush o‘rtog‘i bilan yashayotgan ayollar ekanligi, shukurki 3 nafarining to‘rt muchasi sog‘ ayollar ekanligi oydinlashadi. Sabohat Urinova esa ko‘z bo‘yicha I guruh nogironi bo‘lish barobarida 2 nafar farzandini yolg‘iz tarbiyalamoqda. Xo‘sh, tuman xotin-qizlar qo‘mitasining ishi qay darajada adolatli?

    Tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Nafisa Shukurova esa shu vaziyatda ham murojaatchini sabrsizlikda ayblab, uning hali uyoqqa, hali bu yoqqa murojaat qilishidan noliyapti.

    Nafisa Shukurova “Daryo” muxbirining “Murojaatchi muammosi qachon hal bo‘ladi?” degan savoliga Sabohat Urinova 2020-yilda uy-joy berilishi kerak bo‘lgan ayollar ro‘yxatiga kiritilganligini aytdi. Ro‘yxatga ko‘z yugurtirganimizda haqiqatdan ham uy-joyga muhtoj bo‘lgan 13 nafar ayoldan biri Sabohat Urinova ekanligi ma’lum bo‘ldi.

    “Daryo” tahririyati Qashqadaryo viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi va tuman xotin-qizlar raisidan vaziyatga izoh so‘rab qoladi.

    09.08.2019, 17:04   Izoh (0)   36823
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sergeli kichik sanoat zonasi hududidagi korxonada yong‘in yuz berdi

    09.08.2019, 16:55

    Namanganda 1,1 mlrd so‘mlik smartfonlar noqonuniy olib kirilgani aniqlandi

    09.08.2019, 16:45

    Samarqandda zamonaviy tipdagi “Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byuro”si tashkil etiladi

    09.08.2019, 16:24

    Akmal Saidov: Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani O‘zbekiston ratifikatsiya qilgan, Somali esa yo‘q

    09.08.2019, 16:13

    Daryo Weekend: Foydali ilovalar beshtaligi!

    09.08.2019, 16:00

    Qashqadaryoda o‘tkazilgan mehnat yarmarkarlarida 350 nafar o‘qituvchi ishli bo‘ldi

    09.08.2019, 15:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda erkak qo‘shnisini “o‘zga sayyoralik” deb o‘ylab, otib o‘ldirdi

    Dunyo | 4 avgust, 16:05

    Tom Holland ishtirokidagi “O‘rgimchak odam 4” filmini suratga olish ishlari boshlandi

    Kino | 4 avgust, 15:55

    Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga jo‘nab ketdi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 15:42

    Armaniston hukumati Jennifer Lopesning Yerevandagi konsertiga 7 mln dollar ajratdi

    Layfstayl | 4 avgust, 15:35

    Eronda mudofaani kuchaytirishga qaratilgan kengash tuzildi

    Dunyo | 4 avgust, 15:25

    “Manchester Siti” Jeyms Makeyti uchun takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor

    Sport | 4 avgust, 15:05

    Yangi Zelandiyada ayol chamadonidan 2 yashar qiz topildi

    Dunyo | 4 avgust, 15:00

    Megan Markl 44 yoshda ham go‘zal qomatga ega bo‘lishiga yordam bergan 15 ta odat

    Ayollar sahifasi | 4 avgust, 14:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.