AQSh Geologiya xizmati Gavayidagi Kilauea vulqonining otilishi fojiali bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.
Xabarda aytilishicha, kraterning pastki qismida qoyalar yoriqlaridan oqib o‘tuvchi ko‘p miqdorda suv to‘planmoqda. Ayni paytda kraterda 3 ta ko‘lmak paydo bo‘lgan bo‘lib, ma’lum vaqtda ular bir ko‘lga birlashadi.
Vulqon otilishni boshlasa qizigan magma ko‘l suvini bug‘ga aylantiradi, bu esa portlashga olib keladi.
Izoh (0)