Afg‘oniston Mudofaa vazirligi mamlakatning turli viloyatlarida o‘tkazgan harbiy operatsiya davomida “Tolibon” jangarilarning 92 nafarini yo‘q qildi. Bu haqda Anadolu agentligiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Afg‘onistonda so‘nggi sutka davomida o‘tkazilgan operatsiyalar natijasida 92 nafar tolibon jangarisi zararsizlantirildi, 56 nafari yaralandi”, — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, afg‘on harbiylar NATO kuchlari yordami bilan bir vaqtning o‘zida 9 ta viloyatda ish olib bormoqda. Operatsiyalar davomida 10 nafar jangari qo‘lga olingan, ko‘plab qurollar va o‘q-dorilar musodara qilingan.
Izoh (0)