Kobulning g‘arbiy qismida kuchli portlash sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda “TASS” TOLOnews telekanaliga tayanib. Oqibatda kamida 34 kishi jabrlangan.
Afg‘oniston IIV xabariga ko‘ra, portlovchi qurilmalar o‘rnatilgan mashina portlagan. Jinoyatchilar politsiya idorasini mo‘ljallagan.
Xabarda voqeaning boshqa tafsilotilari berilmagan. Hududdagi ekstremistlar guruhining hech biri hodisa uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga olmagan.
Izoh (0)