Suriya prezidenti Bashar Asadning rafiqasi Asma Asad bir yillik davolanishdan so‘ng onkologik kasallikni yengdi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
Prezident matbuot xizmati birinchi xonimni og‘ir kasallik ustidan qozongan g‘alabasi bilan qutladi:
“Suriya hukumati hamda prezident devonxonasi xodimlari Asma Asad xonimni bir yil avval ishonch va ixlos bilan boshlagan saraton bilan kurash yo‘lining muvaffaqiyatli yakuni bilan tabriklaydi”, — deyiladi xabarda.
Birinchi xonim o‘zini qo‘llab-quvvatlagan barcha suriyalik fuqarolarga minnatdorchilik bildirdi. U ushbu kasallik bilan kurashayotgan bemorlarga sog‘ayib ketishlarini tiladi.
Izoh (0)