AQShning Ogayo shtati, Deyton shahridagi otishmada 9 kishi halok bo‘ldi, kamida 16 kishi yaralandi. Bu haqda mahalliy politsiya ma’lum qildi.
Otishma shahar markazidagi barlardan birida ro‘y bergan. Uni uyushtirgan shaxs politsiya tomonidan otib tashlangan. Merganning shaxsi va qo‘liga qurol olishga undagan sabablar hozircha noma’lum.
Bu AQShda sutka davomidagi ikkinchi ommaviy qotillik. Oldinroq Texas shtatining El-Paso shahridagi otishma oqibatida 20 kishi halok bo‘lgandi.
Izoh (0)