BAA prezidenti shayx Xalifa bin Zayd Ol Nahayon yaqinlashib kelayotgan Qurbon hayiti munosabati bilan 650 dan ortiq mahkumni afv etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Qayd etilishicha, turli moddalar bilan jazoga tortilgan 669 kishi amnistiyaga tushgan. BAA prezidenti shuningdek, ularning qarz va jarimalarini to‘lab beradi.
Joriy yil BAAda Qurbon hayiti 11 avgust kuni nishonlanadi.
Izoh (0)