Ozarbayjon poytaxti Bokudagi eng yirik savdo markazi “Sadarak” hududida yong‘in yuz berdi. Bu haqda Ozarbayjon favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga asoslanib, “TASS” xabar berdi.
Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar, qutqaruvchilar va 15 ta tez yordam brigadasi yo‘llangan. Ayni vaqtda yong‘inni o‘chirish bo‘yicha tadbirlar davom etmoqda.
Qayd etilishicha, yong‘inni o‘chirish davomida favqulodda vaziyatlar vazirligining 7 xodimi tutundan zaharlangan. Ular klinik tibbiyot markazining toksikologiya bo‘limiga yotqizilgan.
Savdo markazi Boku chekkasida joylashgan bo‘lib, maydoni 100 gektarni tashkil qiladi. U 12 mingdan ko‘proq ulgurji va chakana savdo obyekti, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozori, bir qavatli ulgurji ombor, turli muhandislik inshootlarini o‘z ichiga oladi.
Izoh (0)