AQShning El-Paso shahridagi otishma irqiy nafrat asosidagi jinoyat sifatida ko‘rib chiqiladi. Bu haqda shahar politsiyasi rahbari Greg Allen ma’lum qilgan.
Jinoyatda gumon qilingan 21 yashar Patrik Kruzios Walmart savdo markazidagi otishmadan avval Twitter‘dagi sahifasida Yangi Zelandiyadagi masjidda uyushtirilgan teraktni qo‘llab-quvvatlashi haqidagi bayonotni joylashtirgan.
Shuningdek, o‘z harakatlari bilan mamlakatini “xorijliklar oqimi”dan himoya qilayotganini bildirgan.
Ma’lumot uchun, otishma yuz bergan savdo markazi AQSh va Meksika chegarasi yaqinida joylashgan.
Izoh (0)