Rikardo Rossello Puerto-Riko gubernatorligi lavozimidan iste’foga chiqdi. Bu haqda o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilgan.
Meduza’ning xabar berishicha, bunga uning 11 nafar yaqin maslahatchisi bilan yozishmlari Telegram’da tarqalganidan so‘ng yuzaga kelgan ommaviy noroziliklar sabab bo‘lgan. Ushbu yozishmalar 13-iyul kuni Puerto-Riko tergov jurnalistika markazi tomonidan nashr etilgan bo‘lib, unda ayollar haqorat qilingan, siyosatchilar va shou-biznes yulduzlari, xususan, pop qo‘shiqchi Riki Martinga nisbatan qo‘pol va xunuk so‘zlar ishlatilgan.
Ommaviy noroziliklarda 3,8 million aholiga ega orolning ikki yuz ming nafarga yaqin fuqaro ishtirok etgan.
“Korrespondent.net” yozishicha, gubernatorlik vazifasini orolning Amerika Kongressidagi vakili Pedro Perluisi vaqtinchalik bajaradi. U qasamyod keltirib bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, 40 yoshli Rossello Puerto-Riko tarixida iste’foga chiqqan birinchi gubernator bo‘ldi.
Izoh (0)