AQShning El-Paso shahridagi Walmart savdo markazida otishma uyushtirildi. Bu haqda Texas shtati gubernatori Greg Ebbot ma’lum qildi.
Otishma oqibatida 20 kishi halok bo‘lgan, 26 kishi yaralangan.
Politsiya bir nafar gumonlanuvchini qo‘lga oldi, buning uchun qurol qo‘llashga to‘g‘ri kelmadi.
Qo‘lga olingan shaxs Dallasda yashovchi 21 yashar yigit ekanligi aytilmoqda. Uni otishma uyushtirishga undagan sabablar hozircha ma’lum emas.
Izoh (0)