AQSh mudofaa vazirligining qurol-aslaha va harbiy texnika xarid qilish bo‘yicha 87 ta asosiy dasturining qiymati 2 trillion dollardan oshdi.
Ushbu mablag‘larning katta qismi (921 milliard dollar atrofida) AQSh harbiy-dengiz kuchlariga to‘g‘ri keladi, ikkinchi o‘rinda Pentagon xarajatlari — 624 milliard dollar. Harbiy-havo kuchlariga 269 milliard, quruqlikdagi qo‘shinlarga esa 199 milliard dollar to‘g‘ri kelgan.
AQSh harbiylari tomonidan amalga oshirilayotgan eng qimmat loyiha Virginia turkumidagi atom suvosti kemalari xaridi (161,5 milliard dollar) bo‘ldi.
Izoh (0)