2019-yilning 4—6-avgust kunlari Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Turkiyada bo‘ladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Delegatsiya ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari rahbarlari raisligida o‘tkaziladigan Strategik rejalashtirish guruhining birinchi uchrashuvida va Turkiya elchilarining yillik konferensiyasida ishtirok etadi.
Safar chog‘ida qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish ham kutilmoqda.
Izoh (0)