Toshkent metropoliteni “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti xodimlari kuni”ni noodatiy aksiya bilan nishonlamoqda. “Alisher Navoiy” hamda “Paxtakor” stansiyalari kesishmasidagi yer osti yo‘lida O‘zbekiston tarixida birinchi marta simfonik orkestr konsert namoyish etdi. Bu haqda “Nuz.uz” sayti xabar bermoqda.
Davlat filarmoniyasi – “Yunie darovaniya” kamera orkestri musiqachilari ijrosidagi mumtoz va zamonaviy kuy-qo‘shiqlar yo‘lovchilarni to‘xtab tomosha qilishga chorladi. Yer osti yo‘li konsert maydoniga aylandi.
Izoh (0)