• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12935.27
    • RUB160.47
    • EUR14367.2
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Menga hech narsa kerakmas, shunchaki baxtli bo‘lishni xohlayman”. Mardikorlik qilayotgan qiz hikoyasi

    Atrofimizda faoliyati muhim, lekin biz buni yaxshi bilmaydigan kasb egalari ko‘p. Ular ham jamiyatimizning bir qismi. Biroq gohida ayrim insonlar ular bilan muloqot qilgani or qiladi. Uyaladi! Ammo ular ham odam. Inson! Ularning ham ko‘ngli, his tuyg‘ulari bor.

    “Daryo” ijtimoiy hayotda o‘z o‘rniga ega, biroq jamoatchilik e’tiboridan ko‘pincha chetda qoladigan kasb egalari bilan suhbat qildi. Loyihaning birinchi qahramoni mardikorlik bilan shug‘ullanayotgan qiz.

    Uning iltimosiga ko‘ra, ism sharifi hamda shaxsini oshkor etishi mumkin bo‘lgan boshqa ma’lumotlar o‘zgartirildi.
     

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Ismim Nigora. Yoshim 35 da. 15 yoshimdan beri mardikorlik qilaman. Kichkinaligimda ota-onam ajrashib ketgan. Boradigan joyimiz yo‘q, onam bilan ijarama-ijara ko‘chib yashadik. Onam mening kelajagimni o‘ylab, bir kishiga uchinchi xotin bo‘lib turmushga chiqdi, biroq o‘gay otam meni uyiga kiritishni istamadi. Onam meni ijara uyda qoldirib ketishga majbur bo‘ldi. Men esa hammasiga rozi bo‘ldim. Vaqt o‘tib o‘gay otamning ko‘ngli yumshaydi, meni bu yerdan olib ketishadi degan hayolda yolg‘iz yashab yurdim. Boshida onajonim o‘zi va’da berganiday ko‘rgani kelib har hafta oziq-ovqatimdan xabardor bo‘lib turdi. Biroq bir muddat o‘tib, o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Ochig‘i bundan sira quvonmadim. Sababi shundan so‘ng onam o‘g‘ay otam va o‘g‘li bilan ovvora bo‘lib ketdi. Men esa ... unitildim deb o‘ylayman. O‘zimni ta’minlash uchun 9-sinfdan keyin mardikorlikka chiqib, pul topa boshladim.

    Mardikorlikka kimdir pulga muhtojlikdan kimdir esa ...

    Tumanimizning bir chekka joyida xotin-qizlarning mardikor bozori bor. Har kuni saharda o‘sha yerga to‘planamiz. Bozorda har xil yoshdagi qiz-juvonlarni uchratish mumkin. Tong sahardan bozor atrofida ishga yollovchilar mashinasi to‘planadi. Barchamiz boramiz, gaplashamiz va ular qilinadigan ishni biz esa kunlik narximizni aytamiz. Kelishsak aytilgan joyga borib ishlaymiz. Mehnatdan qochmayman. Jaziramalarda yer chopiqlarga chiqamiz, dalalarda ishlaymiz. Gohida og‘ir ishlar qilishga to‘g‘ri keladi. Kunlik narxim 30—40 ming so‘m atrofida. Mayli berganiga shukr, halolidan qo‘ymasin.

    Ayni paytda mardikor bozorga chiqmayapman. “Sezon” payti bo‘lgani uchun ishni haftalik gaplashamiz. Keyin bir ayol bor. O‘sha bizga ish topib beradi. Shuning uchun unga har kungi ishdan 1000 so‘mdan beramiz. Har kuni sahar ishga ketaman, kech qaytaman, ko‘rganim shu! Bundan boshqa hayotni bilmayman. Boshqacha kun kechirishni tasavvur ham qilolmayman.

    Ochig‘i, meni eng xafa qiladigani — mardikor ayollarga noto‘g‘ri munosabatda bo‘lishadi. Har xil takliflar bildiriladi. Eng yomoni bunga ayrim hamkasblarimning rozi bo‘lishida ...

    Ya’ni hamma ayollar ham faqat moddiy ehtiyoj tufayli mardikorlikka chiqmaydi. Ba’zilari oilasidan — aniqrog‘i eridan, “ko‘ngli to‘lmagan”i uchun bu yerga keladi. Xullas, sohamizda har xil savdo bo‘ladi. Kimga ish qayg‘usi, kimga ishq... Mayli, har kimning o‘z vijdoniga havola. Menga ham shunaqa “takliflar” bo‘lgan. Lekin hech qachon bunga rozi bo‘lmaganman.

    Bu dunyoda eng katta baxtsizlik — yolg‘izlik...

    Sizningcha, dunyodagi eng katta baxtsizlik nima, eng baxtsiz odam kim? Bor budidan ayrilgan, yoki o‘qishga kirolmagan va yo sevgilisi tashlab ketgan odammi? Yoki pulsiz odam? Menimcha yo‘q! Nazarimda eng baxtsiz odam — bu yolg‘iz odam. U na dardini va na quvonchini biror kim bilan bo‘lisha oladi. Bag‘riga boshingni qo‘yib yig‘laydigan odaming bo‘lmasa, yaqinlaring bor-u, lekin sen ularga kerak bo‘lmasang, tirikmisan o‘likmisan, sen bilan ishi bo‘lmasa... Mana bu haqiqiy baxtsizlik.... qolganini topsa bo‘ladi...

    Cho‘kayotgan odam xasga ham yopishadi

    Ishda yurgan vaqtim bir yigit meni ko‘rib, yoqtirib qolibdi. Yonimga kelaverib, holi jonimga qo‘ymadi. Xursand edim, baxtli edim... Keyin bilsam, uylanib ajrashgan ekan. “Cho‘kayotgan odam xasga ham yopishadi” deganday unga rozi bo‘ldim. Sababi yoshim ham bir joyga borib qolyapti. Undan boshqa “nomzod” ham yo‘q edi. Axir kimam mardikor qizga uylanardi? Ayniqsa yolg‘izlikdan juda zerikkandim. Oq-qora rangdan iborat hayotimga ma’no kirgizmoqchi, men ham boshqa ayollar qatori turmushga chiqib, farzandli bo‘lmoqchi edim. Begona odamlarning emas, balki o‘z erimning, qaynata qaynanamning xizmatini qilib yurishni istagandim. Afsuski, hayot buniyam menga ko‘p ko‘rdi. To‘yimiz bo‘lay deb turgan paytda bo‘lajak turmush o‘rtog‘im jinoyat qilib, qamalib ketdi.

    Yo‘qotadigan hech narsam yo‘q, ushlab qoladigan ham...

    Hozir haftada bir marta topgan pullarimni to‘plab, yeguliklar olib uni ko‘rgani boraman. Jinoyati og‘ir, hali beri chiqmasa kerak. Boshim juda qotgan. Na kutishni, na kutmaslikni bilaman. To‘yni “otkaz” qilib shart boshqasiga tegib ketay desam biror nomzod yo‘q... Lekin uni kutgan taqdirimda ham qamoqdan chiqqandan keyin menga uylanishiga ko‘zim yetmaydi. Nima qilishga ham hayronman. Na yo‘qotadigan, na oldingga boshlaydigan biror ilinj bor...

    Shunchaki baxtli bo‘lmoqchiman...

    Yangi hayot boshlashga esa jur’atim yetmaydi. Yana tavakkal qilish, yana yo‘qotish. Yo‘q, endi bundan buyog‘iga bardoshim yetmaydi. Qo‘rqaman. Yaxshiyam shu ishim bor. Sahardan ishga chiqib ketaman, kun botganda o‘lguday charchab yotog‘imga qaytaman. Shu bilan go‘yo hammasini unutganday bo‘laman. O‘zim bilan o‘zim qolganda esa...

    Bilasizmi, menga hech narsa kerakmas shunchaki baxtli bo‘lishni xohlayman.

    02.08.2019, 16:00   Izoh (0)   98748
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda pilla yetishtirganlik uchun to‘lanadigan mablag‘ 2 yilda kamida 30 foizga oshiriladi

    02.08.2019, 15:55

    Olmaotada zo‘rlash jinoyatida gumon qilinayotgan o‘zbekistonlik qidirilmoqda

    02.08.2019, 15:20

    Daryo Weekend: Dam olish kunlari vaqtingizni qanday o‘tkazishni bilmayapsizmi? Biz sizga o‘z tavsiyalarimizni berib boramiz!

    02.08.2019, 15:02

    O‘zbekiston Bandlik va mehnat vazirligi “Murda uchun million” maqolasiga javob berdi

    02.08.2019, 14:35

    O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan foydalaniladi

    02.08.2019, 14:23

    O‘zbekistonda majburiy mehnatga jalb qilgan mas’ul shaxslarga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilanishi mumkin

    02.08.2019, 14:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hayotni murakkablashtiradigan va energiyani tortib oladigan 5 ta odat

    Layfstayl | 14 may, 17:35

    “Bu Coca-Cola’ni kimga ulashmoqchisiz?” degan afsonaviy kampaniya dunyo bo‘ylab o‘zining zafarli yurishini davom ettirib, O‘zbekistonga yetib keldi!

    Reklama | 5 may, 16:30

    Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”dagi hayoti: yomon start, lekin katta umidlar

    Sport | 14 may, 17:25

    Samarqandda noqonuniy qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 137 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi (video)

    O‘zbekiston | 14 may, 17:20

    Shveysariya poyezd yo‘llarini quyosh elektr stansiyalariga aylantiradi

    Dunyo | 14 may, 17:05

    Aktyor Tom Hardi jangari filmlardagi rollari tufayli sog‘lig‘i yomonlashganidan shikoyat qildi

    Kino | 14 may, 16:50

    Geymerlar olamida yil yangiligi: 2025-yilgi ROG Strix SCAR 18 qanday qilib yangi samaradorlik standartlarini belgilamoqda?

    Reklama | 28 aprel, 12:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.