Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Buxoro shahridagi budjet tashkilotlari xodimlarining majburiy mehnatga jalb qilingani to‘g‘risidagi xabarlar bo‘yicha tekshiruv ishlarini boshladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
Oldinroq ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda budjet tashkilotlari xodimlari Hazrati Imom qabristonidagi obodonlashtirish, qurilish va ta’mirlash ishlariga jalb etilayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.
Ularda ta’lim, tibbiyot va maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari, mahallalar vakillari, askarlar bir oydan beri qabriston hududida jazirama kunlarda majburan ishlatilayotgani bildirilgan.
Izoh (0)