“O‘zagrolizing” AJ kuzatuv kengashining 12-iyuldagi majlis bayoniga asosan, kompaniyaga yangi boshqaruv raisi va uning o‘rinbosari tayinlandi. Bu haqda jamiyat matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Akrom Sulaymonov “O‘zagrolizing” AJ boshqaruv raisi etib tayinlangan. Sulaymonov shu kunga qadar “O‘zmeliomashlizing” davlat unitar korxonasi ijro etuvchi direktori lavozimida ishlab kelgan.
“O‘zagrolizing” AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari etib Burxan Karimov tayinlangan. Unga qadar “O‘zmashlizing” MChJ direktori lavozimida ishlab kelgan.
Ma’lumot uchun, “O‘zagrolizing” aksiyadorlik lizing kompaniyasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktabrdagi qarori bilan tashkil etilgan bo‘lib, qishloq xo‘jaligi texnikalarini lizing asosida yetkazib berish bilash shug‘ullanadi
Izoh (0)