• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Armanistonda fillokseralar hujumi kuzatildi. Bu O‘zbekiston uchun ham tahdidmi?

    Yaqinda bir qator xorijiy ommaviy axborot vositalarida Ararat vodiysidagi uzumzorlarda o‘ta xavfli zararkunanda hasharot — filloksera, boshqacha aytganda tok kushandasi tarqalayotgani xabar qilindi. “O‘zdavkarantin” inspeksiyasi axborot xizmati qayd etishicha, keyingi yillarda Armaniston hududida zararlangan o‘choqlar soni tobora ortib bormoqda.

    Foto: AgroXXI

    Foto: AgroXXI

    Ararat vodiysi — Armanistondagi eng yirik meva va uzumchilik markazi hisoblanadi. 2000-yillargacha ham bu hududga fillokseraning “qadami” yetmagan edi. Ammo bir necha yil oldin hasharotlarning keyinchalik zararlangan maydonlar kengayishiga sabab bo‘lgan ilk katta manbasi aniqlandi. Hozirgacha ularni uzil-kesil yo‘q qilishning chorasi topilmagani fermer va dehqonlar xavotirini yanada oshirmoqda.

    “Zabt etilgan” hududlar

    Filloksera “dahshati”ni to‘liqroq tasavvur qilish uchun ayrim ma’lumotlarga to‘xtalib o‘tsak. Ushbu ofatning “vatani” — Shimoliy Amerika. Birinchi bor 1854-yilda Aza Fitch tomonidan aniqlangan. Yevropa va O‘rta yer dengizi o‘simliklar karantini va himoyasi (YeKOZR) tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda dunyoning 59 ta mamlakatida tarqalgan.

    Hasharotlar so‘nggi 20-30 yil davomida Yevropa davlatlaridagi 60 million gektarga yaqin tokzorlar qurishiga sabab bo‘ldi. O‘z vaqtida, filloksera “bosqini” Fransiya iqtisodiyotiga juda katta “zarba” bergan. Masalan, XX asr boshlarida ushbu mamlakatdagi 2,5 million gektar uzum maydoni kushandalar dastidan to‘liq yo‘qotilgan yoki vayronaga aylangan. Ma’lumotlarga qaraganda, faranglar yurti 1888-yilda 10 milliard, 1894-yilda esa 20 milliard frank miqdorida zarar ko‘rgan. Umuman, filloksera o‘zi “zabt etgan” hududlardagi jami 6,5 million gektar uzumzorni kunpoyakun qilgan.

    Juftsiz ko‘payuvchi “jallod”

    Tok “jallodi” o‘zi uchun qulay, ya’ni nam iqlim sharoitida bemalol rivojlanadi hamda partenogenetik usulda — urg‘ochilari erkak hasharotlar bilan qo‘shilmasdan yaxshi ko‘payadi. Filloksera so‘ruvchi hashoratlar guruhiga kiradi va faqat tokda yashaydi. Tok navlarining zararkunanda tushgan joylarida chirish va to‘qimalarda yemirilish boshlanadi, so‘ngra ildizlar quriydi. Hasharot zararlagan tok tuplarining o‘sishi va hosildorligi keskin kamayadi, bir necha yildan so‘ng butunlay yaroqsiz holga keladi.

    Filloksera ovalsimon shaklda, tanasi sarg‘ish-yashil rangda, uzunligi 0,8—1,2 millimetr bo‘ladi. Shu bois uni oddiy ko‘z bilan payqash qiyin. Hasharotning ikki xil turi bor: biri ko‘proq tok ildizlari hamda uzum tupining yer osti poyasida “umrguzaronlik” qilsa, boshqasi tok bargi, ba’zan yaproq bandi yoki qalamchasida hayot kechiradi. Bargsevar turi Yevropa mintaqasidan keltirilgan uzum navlariga xavf solmaydi, ular asosan Shimoliy Amerika navlari yoki ular bilan chatishgan duragaylarini “xush ko‘radi”.

    Zararlangan hududlarda tok faqat yovvoyi tokka payvand qilingan holda ekiladi hamda bir yilda 20 martadan — 50-60 martagacha kimyoviy kurash olib boriladi. Bu esa, o‘z-o‘zidan uzumning ta’mi va sifatiga ta’sir etmay qolmaydi.

    O‘zbekiston xavfdan holi, biroq...

    O‘zbekiston filloksera “hujumi”ga uchramagan kamsonli davlatlardan hisoblanadi. Ammo bu, aslo — xavotirga o‘rin yo‘q, degani emas. “Dushman” istalgan paytda mahalliy uzumzorlarimizga ham “tahdid” solishi mumkin. Bu esa ushbu ofat kirib kelishining oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni muntazam amalga oshirib borishni taqozo etadi.

    Eng avvalo, filloksera tarqalgan mamlakatlardan tok ko‘chati va qalamchalarini keltirib ekish mumkin emasligini dehqon va fermerlarimiz, tadbirkorlar yaxshi bilishi shart. Ayni paytda, vatandoshlarimiz chetdan qo‘l yuki orqali tok ko‘chati olib kelinishi mamlakatimizdagi bebaho uzum navlarining yo‘qotilishiga, umuman — milliy uzumchilik sanoatining inqiroziga sabab bo‘lishi mumkinligini unutmasligi lozim.

    O‘z navbatida, yurtimizdagi barcha bog‘bon, fermer va dehqonlar, issiqxona hamda tomorqa yer egalaridan uzumzorlarda tok kushandasi — fillokseralar paydo bo‘lganidan ogoh etuvchi shubhali belgi-ishoralarni payqaganda zudlik bilan hududiy karantin inspeksiyalariga xabar berishlarini so‘rab qolamiz.

    Xulosa qilib aytganda, nafaqat tibbiyot, balki o‘simliklar himoyasida ham donishmandlarimiz tomonidan aytilgan bebaho hikmatni unutmaslik kerak: “Kasalni davolashdan ko‘ra, uni oldini olish osonroq”.

    30.07.2019, 17:10   Izoh (0)   35972
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Oqqonga chalingan bolajonlar yaxshi insonlar ko‘magiga muhtoj

    30.07.2019, 16:35

    Nig‘matilla Yo‘ldoshev, Po‘lat Bobojonov, Alisher Shodmonov, Ruslanbek Davletov Ohangaronda ommaviy qabul o‘tkazdi (foto)

    30.07.2019, 15:16

    Turkiyaning yirik sayyohlik firmalari vakillari Xorazmga keldi

    30.07.2019, 15:05

    Kasbi tuman hokimligi “qovun tushirdi”: Vazirlik tomonidan aybdorga chiqarilgan IIB boshlig‘ini “oppoq” qilishga urindi

    30.07.2019, 14:50

    O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 9,1 foizni tashkil etdi

    30.07.2019, 14:36

    Samarqandda svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga o‘tmoqchi bo‘lgan Captiva mudhish YTH sodir etdi (video)

    30.07.2019, 14:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Kelasi oy uchun 20 mln so‘m berib tur deydi”. Sherzod Kudbiyev o‘z xodimlari oldindan soliq undirayotganini qoraladi

    Iqtisodiyot | 29 iyun, 18:35

    Ozarbayjonda Rossiyaning barcha madaniy tadbirlari bekor qilindi

    Dunyo | 29 iyun, 18:10

    Eron: Isroilning qamoqxonaga hujumida 71 kishi halok bo‘lgan

    Dunyo | 29 iyun, 17:30

    Shavkat Mirziyoyev turkman xalqi milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 29 iyun, 17:00

    “Diplomga qiziqish kamayishi tabiiy hol” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov abituriyentlar soni nega qisqarayotgani haqida

    O‘zbekiston | 29 iyun, 16:46

    Luis Enrike tarixdagi eng zo‘r futbolchi nomini aytdi

    Sport | 29 iyun, 16:31

    Yahudiy davlati G‘azoda 81 kishini o‘ldirdi

    Dunyo | 29 iyun, 16:30

    MAGATE: Eron bir necha oy ichida uranni boyitishni yana boshlashi mumkin

    Dunyo | 29 iyun, 16:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.