Turkiya sayyohlik agentliklari assotsiatsiyasi (Tursab) vakillari Xorazmga keldi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati ma’lum qildi.
Vohadagi sayyohlik tashkilotlari vakillari bilan B2B formatida uchrashish va buning natijasida ikki tomonlama foydali shartnomalarga erishish maqsadida tashkil etilgan mazkur uchrashuvda viloyatdagi 50 dan ortiq sayyohlik tashkiloti hamda mehmonxonalar egalari ishtirok etdi.
Muzokaralar davomida tomonlar kelgusida aloqalarni yanada mustahkamlashga kelishib oldi.
Mehmonlar Xiva shahrining diqqatga sazovor joylari — “Ichan-Qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi va Nurillaboy saroyi bilan tanishdi.
Izoh (0)