• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Kasbi tuman hokimligi “qovun tushirdi”: Vazirlik tomonidan aybdorga chiqarilgan IIB boshlig‘ini “oppoq” qilishga urindi

    So‘nggi paytlarda hokimiyat vakillarining “qovun tushirishi”dan ajablanmay qo‘ydik, to‘g‘risi. Ularning oqni qora, qorani esa oq deya oqimga qarshi chiqishi odatiy holga aylangandek, nazarimizda. Yodingizda bor, Kasbi tumani IIB boshlig‘i Chori Ko‘charovning 16-iyuldagi qilmishi dunyoga ovoza bo‘ldi. Voqea tafsilotlarini o‘rgangan internet saytlariyu, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orqali ushbu voqeadan barcha birdek xabar topdi.

    Foto: “Daryo”

    Kasbi tumani hokimligidan “Daryo” internet-nashriga e’tiroz xati kelib tushdi. Hokimlik tuman IIB boshlig‘i Chori Ko‘charov haqida yoritilgan haqiqatni bo‘hton deb atab, fermerlar ishchilari va miroblarni o‘z uslubida jazolagan IIB boshlig‘ini esa “mehnati, tirishqoqligi va o‘z bilimi bilan namuna bo‘lib kelayotgan” qahramonga aylantirgan.

    Ma’lum qilinishicha, 22-iyul kuni tuman hokimi, tuman prokurori, IIB boshlig‘i va Soliq inspeksiyasi boshlig‘i ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda, yig‘ilish qatnashchilari Chori Ko‘charov qilmishi haqida so‘z yuritgan internet saytlari mualliflarini aytgan gaplariga asos keltirmaganlikda ayblagan. Jumladan, hokimlik munosabatida shunday deyiladi: “Videotasvir va maqolalar mualliflari “zekovoz” avtomashinalariga odamlar majburan chiqarilganligi haqidagi bo‘htonlariga hech qanday asos keltira olishmagan”.

    Internet saytlari mualliflari jumaladan “Daryo” muxbiri ham o‘z maqolasida Kasbi tumani IIB boshlig‘i qilmishi haqida so‘z yuritganda, fermer ishchilari va 2 nafar mirob avtobusga chiqarilganini yozadi. Va suhbatdoshlarning dala seminariga 20 nafar IIB xodimlari bilan birgalikda “zekovoz” — mahbuslarni olib ketuvchi avtomobil ham olib kelingani haqidagi fikrlarini ommaga ulashadi. Ammo “zekovoz”ga odam mindirilgani xususida lom-lim demaydi. Hokimiyat esa mualliflarni “zekovoz”ga odam mindirdi deb yozgan deya ayblayapti.

    Tuman hokimligi Chori Ko‘charovni oqlash ilinjida dala seminari viloyat hokimi va tuman hokimi farmoyishiga ko‘ra, 2019-yilning 2-iyulidan 16-iyuliga qadar har kuni ertalab 6:00 va 12:00 da o‘tkazilishi kerakligini yozib, seminar ko‘rgazmali ekanligiga urg‘u beradi. Qiziq, ijtimoiy tarmoqlar va fermerlar taqdim etgan videolarda seminar o‘tkazilayotgan joyda birorta ham ko‘rgazma qurollari ko‘rinmay, “zekovoz” va IIB xodimlari ko‘rinib qolgan. Yoki IIB boshlig‘ining ko‘rgazmali seminarida 20 nafar IIB xodimlari, kishan, “zekovoz” va avtobus ko‘rgazmali qurollar vazifasini o‘tab beradimi?

    Bundanam qizig‘i hokimlik jurnalistlarni ikkinchi tomon fikrini eshitmaslikda ayblaydi. Holbuki, o‘sha kuni “Daryo” muxbiri IIB boshlig‘i bilan bir necha marotaba bog‘lanishga urindi. Viloyat IIB matbuot xizmati orqali ham holatga izoh so‘radi. Bu haqda maqolada ham so‘z borgan. Biroq Chori Ko‘charov xatti-harakatiga izoh berishni istamadi. Qisqasini aytganda, jurnalistlar bilan gaplashishni o‘ziga “ep ko‘rmadi”.

    Hokimlikka ko‘ra, o‘sha kungi seminarda IIB boshlig‘i bilan birgalikda tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i A.Arabov, tuman agroinspeksiya boshlig‘i Q.Bozorov ham ishtirok etgan. Seminarga 58 nafar fermer chaqirilgan bo‘lsa-da, 11 nafar fermer sababsiz kelmagan. 8 nafar fermer o‘rniga ularning ishchilari kelgan. Hokimlikning yozishicha, o‘sha kuni fermer ishchilariyu, 2 nafar suvchidan iborat 10 kishi IIB tomonidan hech qanday kuch ishlatilmagan holda, derazalari ochiq avtobusda IIBga olib ketilgan.Va o‘sha joyda tushuntirish xatlari olinib, qisqa muddatda IIB hovlisidan qo‘yib yuborilgan.

    Endi hokimlikka savol: Seminarda qatnashgan 8 nafar fermer ishchilari va 2 nafar suvchiga dala seminarining o‘zida tushuntirish ishlari olib borilsa bo‘lmasmidi? Hech kimni qo‘rqitish niyati yo‘q ekan, 10 nafar kishinining 20 nafar IIB xodimi qurshovida xuddi aybdorlardek IIB binosiga olib borilishi nimadan dalolat? Ko‘rgazmali seminarga “zekovoz” nega kerak?

    Tuman hokimligi o‘z munosabatida fermer Akrom Novotov haqida ham to‘xtalib o‘tib, uni tuhmat qilishda ayblaydi. Hokimlik iddaosiga ko‘ra, Akrom Novotov doimiy ravishda Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida tursa-da, “IIB xodimlari uyimga keldi”, deya ommani chalg‘itgan. Shu boisdan ham 22-iyul kuni o‘tkazilgan hokimlik yig‘ilishida tuman prokurori, tuman “Nuroniy” jamg‘armasi raisi va bir necha fermerlar Akrom Novotovning xatti-harakatini qoralagan.

    Fermer Akrom Novotov “Daryo” muxbiri bilan suhbati davomida IIB boshlig‘ining xatti-harakatlari oshkor etilgan maqoladan so‘ng, IIB xodimlari o‘sha kuni seminarda qatnashgan fermerlardan haqiqatni inkor etuvchi tushuntirish xatlari ham olgan. Hatto o‘sha kuni qo‘liga kishan taqilgan suvchilardan ham internetda chiqib ketgan ma’lumotlarni rad etuvchi tushuntirish xati yozib berishini so‘ragan. Ammo suvchilar buni rad etishgan.

    Kasbi tumani IIB boshlig‘i Chori Ko‘charovning xatti-harakati haqida internetda shov-shuv tarqalgach, “Daryo” muxbiriga Kasbi tumanining Qamashi qishlog‘ida yashovchi Aziz Niyozov ham murojaat qilib, Chori Ko‘charovdan aziyat chekkanini, ammo qaysi tashkilotga murojaat qilsa ham masala e’tiborsiz qolib kelganini bildirdi.

    — Kechasi uxlab yotgan joyimda yotog‘imga kirib kelgan Kasbi tumani IIB xodimlari boshliq Chori Ko‘charov topshirig‘iga ko‘ra, meni yotoqxonamda o‘lasi qilib urdi, — deydi Aziz Niyozov. – IIB xodimlarining yarim kechasi uyimizga dabdurustdan bostirib kirishi va meni urishi farzandlarimni qo‘rqitib yuborgan.

    Aziz Niyozovning jarohatlari.

    Aziz Niyozovning jarohatlari.
    Foto: “Daryo”

    Aziz Niyozovning ma’lumot berishicha, u 2018-yil avgust oyida bazmdan shirakayf bo‘lib chiqqach, qishloqdoshlari bilan janjallashgan. Boz ustiga fuqarolarni tinchlantirishga uringan, mahalla profilaktika inspektoriga ham zo‘rlik ishlatib, pogonini yulib olgan, telefonini tortib olgan. Bunga javoban esa Chori Ko‘charov boshchiligidagi IIB xodimlari aybdorni uxlab yotgan joyida, yotoqxonasida, farzandlari ko‘z o‘ngida o‘lasi qilib kaltaklaydi.

    — Mayli men qilgan xatoim uchun 3 oyga qamalib chiqdim, harakatimga javob berdim, — deydi Aziz Niyozov. – Nega endi Chori Ko‘charov xatti-harakatiga javob bermayapti? Nima uchun kechasi fuqaro xonadoniga bostirib kirgan IIB boshlig‘i farzandlarim oldida meni kaltaklagani va xo‘rlagani haqidagi murojaatlarimga e’tibor qaratilmayapti?

    Murojaatchining aytishicha, u IIB boshlig‘i Chori Ko‘charov harakati ustidan mutasaddi tashkilotlarga ko‘p marotaba murojaat qilgan. Ammo murojaatlari natijasiz qolmoqda.

    Xayriyatki, Qashqadaryo viloyati IIB Kasbi tumani hokimligidek ko‘rinib turgan haqiqatdan ko‘z yummadi. Borini tan olib, aybdorni jazoladi. Chori Ko‘charovni lavozimidan ozod qildi.

    30.07.2019, 14:50   Izoh (0)   49444
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 9,1 foizni tashkil etdi

    30.07.2019, 14:36

    Samarqandda svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga o‘tmoqchi bo‘lgan Captiva mudhish YTH sodir etdi (video)

    30.07.2019, 14:24

    Rasul Kusherboyev: Hokimlar “ochko” olish maqsadida har qanday usul bilan bo‘lsa ham topshiriqni bajarishga urinadi (video) 

    30.07.2019, 14:13

    Toshkentlik erkak ajrashmoqchi bo‘lgan xotiniga qasdlashib 2 farzandini uyning to‘rtinchi qavatidan pastga tashlab yubordi (video)

    30.07.2019, 13:49

    Cho‘kib ketgan qirg‘iz chegarachining jasadi O‘zbekistonda topildi

    30.07.2019, 13:48

    O‘zbekistonda 661 nafar mansabdor shaxs korrupsiyada ayblanmoqda

    30.07.2019, 13:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20

    Qadimgi Misr diyetasi: mashhur piramidalar quruvchilari qanday ovqatlangan?

    Layfstayl | 18 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.