• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Nig‘matilla Yo‘ldoshev, Po‘lat Bobojonov, Alisher Shodmonov, Ruslanbek Davletov Ohangaronda ommaviy qabul o‘tkazdi (foto)

    Toshkent viloyati Ohangaron shahridagi “Madaniyat va istirohat bog‘i”da ommaviy qabul tashkil etildi. Bu haqda “Daryo” ning O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasidagi manbasi xabar berdi.

     

    Foto: O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi

    Foto: O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi

    Ommaviy qabulda Prezident Administratsiyasi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Adliya, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Davlat soliq qo‘mitasi, Prezidentning Toshkent viloyatidagi Xalq qabulxonalari mas’ullari, viloyatdagi sektorlar rahbarlari murojaatchilarni qabul qilib, ularni qiynayotgan muammolarga yechim izladi.

    Asli xorazmlik Qizlarbibi Aliyeva ham sog‘liqni saqlash vaziri qabulida ishga joylashish masalasida murojaat qildi. Bu ayol labaratoriya hamshirasi bo‘lib, bir necha yil Xorazm viloyatida ishlagan. Doimiy yashash uchun Ohangaron tumaniga ko‘chib kelganidan beri ish so‘rab kirmagan tibbiyot muassasasi qolmagan.

    Ommaviy qabuldagi aholi salomatligi bilan bog‘liq murojaatlarning asosiy qismi tibbiyot muassasalarida davolanish yo‘llanmalarini olishdagi muammolar bilan bog‘liq.

    O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish, pasport-viza, ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan shikoyatlar, sobiq ichki ishlar organlari xodimlarini ishga qayta tiklash va ichki ishlar organlariga ishga kirish, ijtimoiy-huquqiy hamda maishiy masalalariga oid murojaatlar Ichki ishlar vaziri qabulida muhokama etildi.

    Qabul jarayonida aniqlangan muammolarni joyida yechish choralari ko‘rilib, hal etilishi vaqt talab etadigan holatlardagina aniq muddat va mas’ullar belgilanib, ijrosi nazoratga olinib, ushbu haqda aholi bilan zarur tushuntirish ishlari olib borildi.

    Ohangaron shahridagi “Madaniyat va istirohat bog‘i”da tashkil qilingan ommaviy qabuldan so‘ng aholi muammolarini o‘rganishda sektorlar rahbarlari Ohangaronning eng uzoq-olis, chekka hududlariga bo‘linib, bevosita joylarga chiqib, qabullar o‘tkazdi.

    Foto: O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi

    Foto: O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi

    “Telov” mahalla fuqarolar yig‘ini Ohangaron shahridan qariyb 30 kilometr uzoqda joylashgan. Bosh prokuror va viloyat prokurori mazkur hududda aholi bilan yuzma yuz, ochiq muloqot o‘tkazdi.

    Telov qishlog‘ining Qiziloy mahallasi raisi mas’ullarga uchta masalani hal qilish bo‘yicha murojaat qildi. Bular – ichimlik suvini yaxshilash, elektr ta’minotidagi uzilishlarga barham berish, xususan, 1960-yilda qurilgan transformatorni yangilash hamda qishloq vrachlik punktining o‘z o‘rniga qaytarilishiga oid masalalar. Mahalla raisining uch murojaati ham asosli ekani aytilib, ular birma-bir hal qilinadigan bo‘ldi.

    Abdumajid Aliqulov o‘z murojaatida hududdagi 9 mahallaga mo‘ljallangan yagona masjid ta’mirtalab ekanini, yangi masjid qurish uchun joy muammo bo‘lib kelayotganini aytdi. Muammo o‘rganilgach, mazkur hududda yana bir masjid qurish uchun joy ajratiladigan bo‘ldi.

    Sanam mahallasi ahlini ko‘p yildan beri maktabgacha ta’lim muassasasi yo‘qligi qiynab keladi. Mahalla ahli mazkur hududda bog‘cha tashkil etishda amaliy yordam so‘radi. Vaholanki, birgina shu mahallaning o‘zida bog‘cha yoshidagi 300 nafardan ziyod bola bor. Bu masala ham ijobiy hal etiladigan bo‘ldi.

    Telovga ish bilan kelgan bekobodlik No‘monjon Dehqonboyev ommaviy qabul xabarini eshitib, mutasaddilarga kredit masalasida murojaat qildi. Olti yildan beri tadbirkorlik qilib kelayotgan No‘monjon akaning aytishicha, u 2017 yilda Bekobod shahridagi Qishloq Qurilish Bank filiali bilan sutni qayta ishlash hamda tikuv sexi tashkil qilish bo‘yicha loyihasini moliyalashtirish uchun 750 million so‘mlik kredit shartnomasini imzolagan. Ammo bank kreditning faqat 100 millon so‘mini bergan, xolos. Qolgan 600 million so‘m bedarak ketgan. No‘monjon Dehqonboyevni shuncha vaqtdan beri qiynab kelgan muammoga Telov qishlog‘idagi ochiq muloqotda yechim topildi.

    Foto: O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi

    Foto: O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi

    O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri Ohangaron tumanining eng chekka qishloqlaridan biri – Gulobodda ommaviy qabul o‘tkazdi.

    Aholi qishloqda maktabgacha ta’lim muassasasi yo‘qligidan qiynaladi. Ayni vaqtda bu hududda 187 nafar bog‘cha yoshidagi bolalar mavjud. Ular maktabgacha ta’limga qamrab olinsa, 150 dan ortiq ayollar o‘z mehnat faoliyatlarini davom ettirishlari mumkin.

    Qabulda ijtimoiy infratuzilmalar bog‘liq muammoni tegishli vazirlik va idoralarga yetkazilishi va aniq yechim haqida tez kunlarda tuman mutasadilariga topshiriq berilishi haqida aytildi.Shuningdek, nohaq ayblovlar bilan ichki ishlar tizimidan chetlashtirilgan sobiq xodimlarni ishga qaytash masalasidagi murojaatlar ham ko‘rib chiqildi va 5 nafar xodim qayta ishga tiklandi.

    Ohangaron tumanining Shodmalik mahallasida Oliy sud raisining sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Sud-huquq tizimiga oid 20dan ortiq murojaatlar yuzasidan nazorat o‘rnatilishi qayd etildi va 21 ta murojaat bo‘yicha asoslantirilgan huquqiy tushuntirish berildi.

    Toshkent viloyatida o‘tkazilgan ommaviy qabullarda sud-huquq masalalarida ham qator murojaatlar bo‘lgan edi. Mazkur murojaatlarni o‘rganib chiqilishi natijasida Jinoyat ishlari bo‘yicha Ohangaron shahar sudi 12 nafar mahkumni sud zalidan ozod qilish bo‘yicha qaror qabul qildi. Prezident Xalq qabulxonalariga murojaatlari natijasida o‘z hayotini o‘nglab olishi uchun yana bir bor imkon berilgan bu insonlar va oila a’zolarining hayotga, yashashga bo‘lgan ishonchlari yanada mustahkam bo‘ldi.

    Foto: O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi

    Foto: O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi

    Ohangaron shahrida o‘tkazilgan ommaviy qabulda 427 ta murojaat kelib tushdi. Bundan Oliy sudga 152 murojaat, Bosh prokuraturaga - 105 ta, Ichki ishlar vazirligiga - 67 ta, Adliya vazirligiga - 26 ta, Sog‘liqni saqlash vazirligiga - 23 ta, Bandlikka ko‘maklashish markaziga - 16 ta, Davlat soliq qo‘mitasiga - 14 ta, Yer resurlari kadastr qo‘mitasiga - 13 ta, Markaziy bankka - 11 ta masala kelib tushdi.

    Bundan tashqari, qishloqma-qishloq yurib o‘tkazilgan qabullar jarayonida Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev, bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev Telov qishlog‘ida 32 fuqaroni qabul qilib, ular ko‘targan masalalardan 20 tasini joyida hal etdi.

    Ichki ishlar vaziri, Oliy sud raisi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi Shodmalik qishog‘ida 35 nafar, “Gulobod” qishlog‘ida 29 nafar fuqarolarni qabul qilib, jami kelib tushgan 42 ta masalani joyida hal qildi.

    Davlat soliq qo‘mitasi raisi va Sog‘liqni saqlash vaziri Markaziy qo‘rg‘on hududi “Uvak” qishlog‘ida 29 nafar fuqaroning murojaatini ko‘rib chiqib, ularda ko‘tarilgan 30 dan ziyod masalaning 15 tasini joyida qanoatlantirdi.Sudlar tomonidan Ohangaron shahri mahallalari va qishloqlarida o‘tkazilgan ommaviy qabullar natijasida 95 nafar fuqaro sud zalidan ozod qilindi, 10 nafar jazo o‘tayotgan shaxsning jazosini yengilrog‘iga almashtirilib, jazoni o‘tash joylaridan ozod qilindi.

    Qabullar jarayonida fuqarolar tomonidan asosan ishga qayta tiklash, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning doimiy ro‘yxatga qo‘yish, buzib tashlangan uy-joyi uchun kompensatsiya to‘lash, jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarni avf etish, sud qarorlari ustidan norozilik, uy-joy ajratish va moddiy yordam ko‘rsatish kabi masalalar ko‘tarildi.Qabullar jarayonida jami 552 ta murojaat kelib tushdi, ulardan 184 tasi (33%) joyida hal etildi. Qolgan murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.

    30.07.2019, 15:16   Izoh (0)   38478
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turkiyaning yirik sayyohlik firmalari vakillari Xorazmga keldi

    30.07.2019, 15:05

    Kasbi tuman hokimligi “qovun tushirdi”: Vazirlik tomonidan aybdorga chiqarilgan IIB boshlig‘ini “oppoq” qilishga urindi

    30.07.2019, 14:50

    O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 9,1 foizni tashkil etdi

    30.07.2019, 14:36

    Samarqandda svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga o‘tmoqchi bo‘lgan Captiva mudhish YTH sodir etdi (video)

    30.07.2019, 14:24

    Rasul Kusherboyev: Hokimlar “ochko” olish maqsadida har qanday usul bilan bo‘lsa ham topshiriqni bajarishga urinadi (video) 

    30.07.2019, 14:13

    Toshkentlik erkak ajrashmoqchi bo‘lgan xotiniga qasdlashib 2 farzandini uyning to‘rtinchi qavatidan pastga tashlab yubordi (video)

    30.07.2019, 13:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yaponiyada qutqaruv ishlari uchun 3 metrli robot yaratiladi

    Dunyo | 20 iyul, 21:40

    Janubiy Koreyada suv toshqinlari va ko‘chkilar sabab halok bo‘lganlar soni 14 nafarga yetdi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 21:10

    “Real” navbatdagi shov-shuvli transferni amalga oshirishi mumkin

    Sport | 20 iyul, 20:55

    Isroil bosh vaziri ovqatdan zaharlandi

    Dunyo | 20 iyul, 20:40

    Eronliklarga tanqislik sabab suvdan kamroq foydalanish buyurildi

    Dunyo | 20 iyul, 20:15

    Tramp Eronga yangi zarbalar bilan tahdid qildi

    Dunyo | 20 iyul, 19:50

    Isroil G‘azo markazidagi tinch aholini evakuatsiya qilishni boshladi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 19:25

    Gongkongga Vifa to‘foni yopirildi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 19:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.