Minskda Alisher Navoiy byusti ochildi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
Yodgorlik belaruslik yosh haykaltarosh Maksim Makarevich eskizi asosida yaratildi.
“Ushbu yodgorlikning ochilishi yorug‘ va tantanali hodisa. Chunki Navoiy nafaqat ulug‘ shoir, balki buyuk insonparvar ham bo‘lgan. U qoldirgan asarlar insoniyat merosiga aylangan”, — dedi Belarus senati raisining o‘rinbosari Marianna Shetkina.
Tadbirda O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Elyor G‘aniyev ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan 31-iyul—1-avgust kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Izoh (0)