• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Nima uchun O‘zbekiston Global innovatsion indeks ro‘yxatiga kiritilmagan? Innovatsion rivojlanish vazirligining bayonoti

    Innovatsion rivojlanish vazirligi O‘zbekiston Global innovatsion indeks ro‘yxatiga kiritilmagani yuzasidan bayonot berdi.

    Joriy yilning 24-iyul kuni AQShning Kornel universiteti, Fransiyaning Insead biznes maktabi va Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorligida ishlab chiqilgan 2019-yil uchun mamlakatlarning innovatsion rivojlanish holatini ko‘rsatuvchi Global innovatsion indeks (GII) e’lon qilindi. Ushbu reytingda jahonning 129 ta davlati qamrab olingan bo‘lib ro‘yxatning birinchi o‘rinini Shveysariya egallagan, undan keyin Shvetsiya, AQSh, Niderlandiya va Buyuk Britaniya yetakchilik qilgan. Mazkur reyting bilan tanishgan har qanday o‘zbekistonlik va xorijdagi vatandoshlarda yaqin qo‘shni mamlakatlar Qozog‘iston (79-o‘rin), Qirg‘iziston (90-o‘rin) va Tojikiston (100-o‘rin) bu ro‘yxatda bo‘la turib, nima uchun O‘zbekiston chetda qolgan, degan asosli savol paydo bo‘lishi tabiiy.

    Joriy yilning 24-iyul kuni e’lon qilingan Global innovatsion indeks 2019-yil deb qayd etilgan bo‘lsa-da, aslida u 2008-yildan boshlab olingan statistik va boshqa ma’lumotlarga asoslangan holda tayyorlangan. Taqdim etiladigan ma’lumotlar miqdor ko‘rinishidagi va sifat ko‘rinishidagi ko‘rsatkichlardan hamda so‘rovnomalardan iborat bo‘ladi.

    Qayd etish joizki, to‘liq shaffoflikni ta’minlash maqsadida mamlakatlarning GII reytingi ro‘yxatiga kiritilishi uchun zarur bo‘lgan statistik va boshqa ma’lumotlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ro‘yxatdagi davlatlarning o‘zidan olinmaydi. Ma’lumotlar Jahon Intellektual Mulk Tashkiloti (WIPO), Xalqaro Energiya Tashkiloti (IEA), Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (UNESCO), Birlashgan Millatlar Sanoatni Rivojlantirish Tashkiloti (UNIDO), Xalqaro Savdo Tashkiloti (WTO) kabi xalqaro tashkilotlar va Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti (ISO), HIS Markit, Bureau van Dijk, ZOOkNIC Inx, Thomson Reuter va Wikimedia Foundation kabi tashkilotlarning ma’lumotlari asosida jamlanadi.

    Bu yil o‘n ikkinchi marta e’lon qilingan GII solishtirma tahlilning global vositasi bo‘lib, innovatsion sohada davlat siyosatini yurgizayotgan shaxslar va idoralarga iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning bosh omillaridan biri sifatida innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish mexanizmlarni aniqlashga va baholashga ko‘mak beradi. Yuqorida ta’kidlaganganidek, GII 80 ta parametr (indikator) asosida baholanadi, jumladan, masalan, ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlarini investitsiyalash darajasi, patentlar va tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazishga xalqaro arizalar sonidan boshlab, yanada zamonaviy ko‘rsatkichlargacha, masalan, yaratilgan mobil ilovalar soni va yuqori texnologiyali mahsulotlarning eksport darajasigacha inobatga olinadi.

    O‘tgan yili 3-choragida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining 2019—2021-yillar uchun Innovatsion rivojlanish strategiyasi (Strategiya) asosida ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi” yurtimiz innovatsion ekotizimini shakllantirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, muayyan sohalarni isloh etishga qaratilgan. GII asosida 81 ta parametr (indikator) iborat “maqsadli ko‘rsatkichlar” ham tasdiqlanib, har bir ko‘rsatkich respublikaning tegishli vazirlik va idoralariga o‘z vakolatlari doirasida biriktirilgan. Farmonga asosan “maqsadli ko‘rsatkichlar”ga biriktirilgan har bir vazirlik va idoralarga tegishli ko‘rsatkichlar bo‘yicha 3 yilga rejalashtirilgan “Rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan.

    Hozirgi kunda Innovatsion rivojlanish vazirligi Davlat statistika qo‘mitasi va Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasini GII ro‘yxatiga kiritilishi bo‘yicha amaliy ishlarni olib bormoqda. Jumladan, GII xalqaro reytingi asoschilari va yuqorida qayd etilgan xalqaro tashkilotlari bilan bir qator uchrashuvlar va muzokaralar olib borish orqali hozirgi kunga qadar O‘zbekistonning reytingga kiritilishi uchun to‘siq bo‘lib turgan muammolar o‘rganildi va ularni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

    Innovatsion ekotizimning shakllanishida va GII reytingida yuqori o‘rinni egallashga omil bo‘la oladigan muhim masalalardan hisoblangan innovatsiya sohasidagi me’yoriy-huquqiy baza takomillashtirilmoqda. Respublikada ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyatni tartibga solishning qonuniy asosini ta’minlash, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanuvchilarni huquqiy kafolatlash, ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlanmalarning sifati va samaradorligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi hamda “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida” qonun loyihalari ishlab chiqildi. Bundan tashqari vazirlik tashabbusi bilan 20 dan ortiq huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Urug‘chilik tizimining tubdan yangi modeli joriy etildi, uning qonuniy asosini shakllantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Urug‘chilik to‘g‘risidagi” Qonuni qabul qilindi, yangi tashkil etilayotgan to‘qimachilik klasterlariga urug‘chilik bilan shug‘ullanishning huquqiy asosi ishlab chiqildi, urug‘chilikka ixtisoslashgan klasterlarni tashkil etish orqali qishloq xo‘jaligiga xususiy investitsiyalarni jalb etishni faollashtirish tizimi tashkil etildi. Bu o‘z navbatida O‘zbekistonning GII reytingga kiritilishi uchun to‘siq bo‘lib turgan muammolarga yechim bo‘ladi.

    Bundan tashqari, 2015-yil GII reytingida innovatsiya va ilmiy ishlanmalarni moliyalashtirish bilan bog‘liq indikatorlarda xam pastki o‘rinlarni egallagan edi. Shu munosabat bilan, Vazirlik tomonidan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida tanlovlarni o‘tkazish va ilmiy-texnik loyihalarni tanlab olishning yangi samarador mexanizmi joriy etildi, bunda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning aniq muammolarini ilmiy yechimiga qaratilgan dolzarb tematik mavzular bo‘yicha muntazam ravishda tanlovlarni e’lon qilib borish amaliyoti tatbiq etildi. 2019-yilning 1-yarim yilligida yangi mexanizm bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovlar natijalariga ko‘ra jami 78,6 mlrd so‘mlik 95 ta ilmiy-texnik loyihalarning moliyalashtirilishi ta’minlandi. Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida umumiy qiymati 349,3 mlrd so‘mlik jami 1480 ta fundamental, amaliy loyihalar va innovatsion ishlanmalarning bajarilishi ta’minlanmoqda. Joriy yilning iyul oyida Buyuk Britaniyaning PETROMARUZ kompaniyalar guruhi bilan kelishuvga asosan O‘zbekistonda ilk bora xususiy sektor ilm-fanga oid grant loyihalarini moliyalashtirish uchun dastlabki investitsiya kiritdi. Bularning bari 2021-yilga borib esa ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga sarflanadigan davlat xarajatlarini yalpi ichki mahsulot hajmining 0,8 foiziga yetkazishga erishiladi (hozir 0,2 foiz).

    Venchur moliyalashtirish tartibini belgilash maqsadida 2018-yilning 24-noyabr kuni “Tadbirkorlik va innovatsiyalar sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e’lon qilindi. Bugungi kunda 2 ta investitsiya kompaniyasi — Venchur Kapital Invest va O‘zbekiston—BAA investitsiya kompaniyalari tashkil etildi.

    Innovatsion ekotizimning shakllanishida va GII reytingida yuqori o‘rinni egallashga omil bo‘la oladigan yana bir muhim masalalardan biri bu infratuzilmalarning (texnoparklar, biznes akseleratorlar va hokazolar) kerakli darajada shakllanmaganligi. Keyingi yillarda O‘zbekistonda qator texnoparklar, ilmiy-tadqiqot markazlari, startap akseleratorlar va inkubatorlar tashkil etilyaptiki, bularning bari yurtimiz innovatsion tizimining shakllanishiga va rivojlanishiga hissa qo‘shib kelmoqda.

    Jumladan, “Yashnobod” innovatsion texnoparki Vazirlik tasarrufiga olindi va texnoparkning 23 ta rezidentlari tomonidan 3,1 mln AQSh dollari miqdorida investitsiyalar o‘zlashtirilib, kimyo texnologiyalari, mashinasozlik qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun yo‘naltirildi. Bunday markazlar nafaqat poytaxtda, xususan, respublikaning chekka hududlarida tashkil etilayotgani ahamiyatga molikdir. Xususan, Urganchda o‘n besh kun avval tashkil etilgan “Xorazm” texnoparki Xorazm viloyatining ilmiy-texnik va innovatsion imkoniyatlarining oshishiga xizmat qiladi. Aholini oflayn tarzda axborot resurs bazasidan foydalanish imkonini yaratish maqsadida respublikamizning chekka hududlarida joylashgan maktablar, OTMlar va jamoat gavjum bo‘lgan joylarga 100 dona “Q-Box” moslamalari o‘rnatildi.

    Ishsiz yurgan yoshlarni ish bilan ta’minlash maqsadida Hindiston va Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyatida “Biznes-akselerator” o‘quv-amaliy markazi faoliyati tashkil etilmoqda. O‘zbekiston Milliy universitetida kasbiy ta’lim, malaka oshirish, tor mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatishga mo‘ljallangan NAPA EDU HUB (barcha o‘quv markazlarini birlashtiruvchi yagona Akademiya) faoliyatini boshlash arafasida.

    2018-yil sentyabrda O‘zbekistondagi ilk Ilmiy loyihalar akseleratori — C.A.T. Science Accelerator tashkil etildi. Tadbir finali joriy yilning 7-may kuni Ilg‘or texnologiyalar markazida bo‘lib o‘tdi. Akseleratorga 130 ta ariza kelib tushib, ulardan finalgacha 17 ta jamoa qoldi. Mazkur jamoalardan 10 ta eng yaxshi jamoa tanlab olinib “Startap” loyihalar tanlovida ishtirok etishlari uchun tavsiya etildi.

    Xalqaro ilmiy-texnik hamkorlik doirasida 8 ta davlat bilan jami 38 ta qo‘shma ilmiy-texnik loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, “O‘zbekiston-Belarus” hamkorligidagi jami 15 ta loyiha, “O‘zbekiston-Germaniya” hamkorligidagi jami 6 ta loyiha, “O‘zbekiston-Rossiya” hamkorligidagi jami 17 ta loyiha bajarilmoqda.

    Innovatsion rivojlanish sohasidagi ilmiy ishlarni muntazam chop etish hamda dunyodagi innovatsiyalarni keng ommaga va yoshlarga davriy targ‘ib qilib borish uchun “Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” ilmiy jurnali, maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan “XXI-asr texnologiyalari” ilmiy –texnikaviy, ma’naviy-ma’rifiy ommabop jurnali hamda keng ommaga mo‘jallangan “QVANT” tahliliy ommabop jurnallari nashri yo‘lga qo‘yildi. Innovatsiyalarni targ‘ib qilish va ommalashtirish ham indikatorlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, ilmda raqobatdosh infrastrukturalar va yangi yo‘nalishlarni ochishga imkon yaratadi.

    Innovatsion fikrlaydigan yangi avlod yoshlarini tarbiyalash maqsadida vazirlik tarkibida Mirzo Ulug‘bek nomidagi matematika, fizika, astronomiya va informatika fanlariga hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlarga ixtisoslashtirilgan 2 ta maktab-internatlari tashkil etildi va faoliyati yo‘lga qo‘yildi

    Yuqorida sanab o‘tilganlar Innovatsion rivojlanish vazirligi respublikaning GII reytingiga kiritilishi bo‘yicha olib borayotgan ishlarining bir qismi bo‘lib, so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan jadal ijobiy islohotlar natijalari, tegishli vazirlik va idoralar hamda xalqaro tashkilotlar bilan o‘rnatilgan yaqin hamkorlik O‘zbekiston Respublikasini Innovatsion rivojlantirish strategiyasida belgilangan asosiy vazifalardan biri — O‘zbekistonning GII reytingiga kirishi va ilg‘or davlatlar qatoridan joy olishiga asos bo‘ladi.

    28.07.2019, 19:20   Izoh (0)   12199
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda OTMlarga kirish imtihonlari o‘tkaziladigan hududlar ro‘yxati e’lon qilindi

    28.07.2019, 18:50

    Davlat test markazi direktori: kelgusida testdan oldingi va keyingi jarayonlarni ochiq namoyish etish rejada bor

    28.07.2019, 18:35

    TIV: Janubiy Koreyada tungi klub konstruksiyasi qulashi oqibatida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q

    28.07.2019, 18:20

    Samarqanddagi to‘yda kitob tarqatildi

    28.07.2019, 18:05

    29-iyul kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

    28.07.2019, 17:35

    O‘zbekistonda “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” shiori ostida ommaviy tadbirlar o‘tkazildi

    28.07.2019, 17:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH senatorlari Trampni Netanyaxuga bosim o‘tkazishga undadi

    Dunyo | 26 iyul, 18:05

    “Kimgadir shu kerak ekan”. Toshkentdagi ko‘p yillik archalar yong‘ini uyushtirilganmidi? (reportaj)

    O‘zbekiston | 26 iyul, 17:41

    Yuqori harorat ish qobiliyatiga qanday ta’sir qiladi? Kardiolog javob berdi

    Karyera | 26 iyul, 17:35

    Toshkentdagi avtohalokatda 20 yoshli yigit vafot etdi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 17:29

    Arman Sarukyan Iliya Topuriyani jangga chorladi

    Sport | 26 iyul, 17:25

    Muxlislarga syurpriz: mashhur obrazlarini filmlarda qayta gavdalantirgan aktyorlar

    Kino | 26 iyul, 16:47

    NASA xodimlarining soni 21 foizga qisqaradi

    Dunyo | 26 iyul, 16:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.