• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Otasi tashlab ketgan, “o‘rtoqlar”i tomonidan zo‘rlangan o‘zbek qizining achchiq taqdiri

    UNICEF bolalar jamg‘armasi Yevropa ittifoqi homiyligida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Bolalarni migratsiya ta’siridan himoya qilish” loyihasi doirasida oiladagi nosog‘lom muhit sabab yaqinlaridan qochib yurgan o‘zbekistonlik haqidagi maqolani e’lon qildi. Unda Iroda ismli qizning taqdiri hikoya qilinadi.

    Foto: UNICEF ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi

    Foto: UNICEF ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi

    Shaharning qadimgi qismida joylashgan kafedan taralayotgan kuyni tonggi shabada atrofga taratib, yo‘lovchilar e’tiborini jalb etadi. Quyosh nurlari yerni isitsada, soyada hali sovuq bilinadi. Sayyohlar guruhi ortidan past bo‘yli qiz chiqib, shahar markazidagi hovuz tomon yuradi.

    18 yoshli Iroda yengi uzun futbolkaning ustidan yupqa nimcha kiyib olgan. Sochlari orqaga qattiq tortib yig‘ilgan. Uning biroz shishgan yuzidan kechasi uxlamagani ko‘rinib turadi. Juda past ovozda gapirishi sababli uning so‘zlarini deyarli anglab bo‘lmaydi.

    Irodani uchrashishga ko‘ndirish oson bo‘lmadi. U kelishilgan uchrashuvlarga chiqmaganidan keyin, ikki kun davomida behisob telefon qo‘ng‘iroqlari zarur bo‘ldi. “Avvalroq kelmaganim uchun kechiring”, - deya Iroda uzr so‘raydi. “Men notanish odamlar bilan uchrashishdan qo‘rqib qolganman”. Uning aytishicha, yaqinda bir necha ayol aldov yo‘li bilan Irodani uchrashuvga chaqirgan, keyin esa uni kaltaklashgan. “Ular pullarimni ham olib qo‘yishdi”.

    So‘nggi bir necha oy davomida qiz qochqinda yashab yuribdi. Amakisi qizning qochib ketgani to‘g‘risida xabar berganidan keyin ichki ishlar organlari xodimlari Irodani qidirib topishdi. Lekin u uyiga qaytishdan bosh tortdi. Amakisi yana uni topmasligi uchun tez-tez ish joyini va telefon raqamini o‘zgartirib turdi.

    Iroda oilasida yagona farzand edi. Onasi uni dunyoga keltirib tashlab ketganidan keyin, u otasi tomonidan buvisining qo‘lida katta bo‘ldi. Buvisi unga onasi tug‘ruq paytida vafot etgan deb aytgan. Iroda 12 yoshga to‘lganida otasi ko‘proq pul topish maqsadida Rossiyaga jo‘nab ketdi. O‘shandan beri u otasini ko‘rmadi.

    Keyin juda ham mudhish voqea sodir bo‘ldi. Iroda faqat meva sharbati ichganini eslaydi. Keyin esa qornida kuchli og‘riq bilan qon ko‘lmagida o‘ziga keldi. Ma’lum bo‘lishicha, sharbatga giyohvand modda qo‘shilgan va qiz zo‘rlangan. O‘shanda Iroda atigi 13 yoshda edi.

    Olti yil avval boshidan kechirganlarini tasvirlar ekan, Iroda yana og‘riqni sezgandek qornini ushlaydi. “Bu hayotimdagi eng yomon kun edi. O‘sha kuni men eng aziz narsadan – o‘z qadr-qimmatimdan ayrildim”. Parchalangan orzu-umidlari bilan birga u o‘z ustidan nazoratni ham yo‘qotdi. Natijada tarbiyasi og‘ir bolalar uchun maxsus ta’lim muassasasiga jo‘natildi.

    Chet elda ishlayotgan o‘zbekistonliklarning soni ortib borayotgani sari, bir yoki ikkala ota-onasiz uyda qolgan bolalarning soni ham ortdi. “Xalqaro tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, migratsiya oila tuzilmasiga va qoldirilgan bolalarga chuqur ta’sir qiladi”, - deydi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann. “Ota-onalarning migratsiyasi tufayli bolalar oilaning buzilishi oqibatlaridan aziyat chekishi, yetarlicha g‘amxo‘rlik ko‘rmasligi va maxsus muassasaga jo‘natilish xavfiga duch kelishi mumkin”.

    Maxsus maktabda o‘tgan uch yil mobaynida Irodaga otasi uch marta qo‘ng‘iroq qildi. U Rossiyaning qaysi shahrida ekanligidan qizning xabari yo‘q. Bu to‘g‘risida u otasidan  so‘ramagan ham. Otasi ham buni qiziga aytmagan. Faqatgina qaytish niyati yo‘qligini ma’lum qilgan.

    Ikkinchi marotaba maxsus muassasaga Iroda oziq-ovqat do‘konidan mahsulot o‘g‘irlagani uchun jo‘natildi. U yerdan chiqqanidan beri har hafta uchastka noziri bilan uchrashib, hisobot berib turadi. Huquqni muhofaza qilish xodimlari bilan qayta-qayta uchrashgani sababli Iroda ulardan juda qo‘rqib qolgan. Suhbat davomida ham atrofda ichki ishlar xodimlari yo‘qligiga ishonch hosil qilish uchun u yon-atrofga tez-tez qarab qo‘yadi.

    “Men o‘tmishga qaytishni istamayman”, — deydi u ko‘chada o‘tkazgan hayotini nazarda tutib. Hozir Iroda bozor yonidagi choyxonada ofitsiant bo‘lib ishlaydi.  Musht qilib tugilgan barmoqlarini yoyar ekan, pushti rang bo‘yoq qoldiqlari qolgan tirnoqlari ko‘zga tashlanadi. Kuniga 13 soat ishlab topgan 35 ming so‘m puli ijara haqi bilan yeb-ichishdan ortmaydi.

    Iroda maktabni tugata olmadi. Maxsus muassasadan qaytganida u 18 yoshga to‘lgan edi. Qolgan ikki yilni o‘qish istagi bo‘lsada, bunga ko‘zi etmaydi “Hech qaysi ota-ona men ularning farzandlari yonida bo‘lishimga yo‘l qo‘ymaydi”, - deydi u.

    Irodaning do‘stlari yo‘q. O‘ng bilagidagi “J” harfi shaklidagi qo‘lbola tatuirovka unga maxsus muassasadagi eng yaxshi dugonasini eslatib turadi. Boshqa 14 qiz bilan birga ular uch yildan ortiq vaqt davomida bitta xonada yashashgan.

    Foto: UNICEF ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi

    Foto: UNICEF ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi

    Iroda umidsizlikka tushgan vaqtlarida o‘tkir tig‘ bilan ikkala bilagini kesib o‘ziga jarohatlar yetkazgan. O‘sha ko‘plab izlar kiyimining uzun yenglari ostida ko‘rinmaydi.

    Iroda amakisining uyiga qaytishni istamaydi. “U meni yana uyda qamab qo‘yadi”. Hech kimga ishonmasdan u qochishda davom etadi.

    “Maktabni tugatsam bo‘ldi, menga boshqa hech narsa kerak emas”, - deydi u.

    26.07.2019, 15:35   Izoh (0)   325178
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston 2030-yilga qadar Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda Isroil tajribasidan foydalanadi

    26.07.2019, 15:26

    Qashqadaryodagi mavjud 8884 ta transformatorning 65 foizi yaroqsiz

    26.07.2019, 15:20

    Shavkat Mirziyoyev: Qanday qilib odamlarning daromadini oshiramiz, degan savol meni har kuni qiynaydi

    26.07.2019, 14:41

    Koreyalik ekspertlar Toshkentda jamoat transporti yo‘nalishlarini ko‘paytirish va shaxsiy avtotransport harakatini cheklashni taklif qildi

    26.07.2019, 14:30

    Samarqanddagi maxsus maktab o‘quvchisi o‘zini osib qo‘ydi

    26.07.2019, 14:18

    “Daryo” ilk marta test sinovlari jarayonini suratga olishga ruxsat berilgan OAVlar ro‘yxatiga kiritildi

    26.07.2019, 13:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kayfiyatingizni ko‘tarib, hayotga qiziqish uyg‘otadigan 7 ta film

    Kino | 19 iyul, 12:26

    “Manchester Siti” Vinisius uchun kurashga kirdi

    Sport | 19 iyul, 11:59

    Chevrolet yangilangan Tracker krossoverini ishlab chiqarishni boshladi

    Avto | 19 iyul, 11:55

    Bakalavr va magistrlar uchun davlat grantlari soni oshirildi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 11:46

    Tramp “Epshteyn ishi” bo‘yicha barcha maxfiy materiallarni oshkor qilishni buyurdi

    Dunyo | 19 iyul, 11:35

    Foto: Namangan dalalarida paxta ochildi (foto)

    O‘zbekiston | 19 iyul, 11:15

    Shov-shuvli janjallar tufayli karyerasini o‘z qo‘li bilan barbod qilgan Gollivud yulduzlari

    Layfstayl | 19 iyul, 10:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.