Odessa-Varshava yo‘nalishida parvoz qilayotgan yo‘lovchilarni ro‘yxatga olish vaqtida Amerika vizasini qalbakilashtirgan 23 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi, deb yozadi Repost.
“Xorijiy fuqaro chegara nazoratidan o‘tayotganida asabiylashdi. Hujjatlar sinchiklab tekshirilganida buning sababi oydinlashdi”, — deyiladi xabarda.
Fuqaro qalbaki viza yordamida Yevroittifoq mamlakatlari orqali AQShga bormoqchi bo‘lgan. Hozirda u qo‘lga olingan va politsiyaga topshirilgan.
Izoh (0)