O‘zbekiston va Qozog‘iston “Oltin kvadrat” loyihasini ishga tushirishga qaror qildi. Bu haqda O‘zbekistonning qo‘shni davlatdagi elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayev ma’lum qildi.
“O‘zbekistonga Buyuk ipak yo‘li tarixini o‘rganishga kelgan kishilar nafaqat bizning mamlakat, balki Qozog‘istonga ham kelishlari kerak deb hisoblayman. Bu tarixiy yo‘lning to‘liq manzarasini beradi.
Xuddi shunday, Qozog‘istonga yo‘l olgan turistlar O‘zbekistonga ham safar qilishlari mumkin, ya’ni bu hamkorlikdagi turistik yo‘nalish bo‘ladi. Biz shartli ravishda ‘Oltin kvadrat‘ deb nomlangan ushbu loyihani ishlab chiqyapmiz”, — dedi Saidikrom Niyozxo‘jayev.
Elchi Rossiyadagi “Oltin halqa”ga monand mazkur loyiha tez orada muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga umid bildirdi.
Izoh (0)