• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ogoh bo‘ling, daftarlardan xavfli virus tarqalmoqda: daftarlar muqovalaridagi xatoliklar tanqid qilindi

    Hurmatli ota-onalar, oldindan aytib qo‘yay, mabodo farzandingizga yangi o‘quv mavsumi uchun daftar xarid qilmoqchi bo‘lsangiz, ogoh bo‘ling. Muqovada ko‘rgan har tasvir yoki ma’lumotga ishonib ketavermang, deyiladi O‘zAda e’lon qilingan tanqidiy maqolada.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Masalan, suratda Amir Temur emas, balki uning o‘gay o‘g‘li aks etgan, “Farg‘ona” to‘g‘risidagi ma’lumotda esa umuman jungli o‘rmonlari haqida “aljirangan” bo‘lishi mumkin...
    Vahima qilayotganim yo‘q. Kecha uyimiz oldidagi do‘kondan besh-oltita 12 varaqli daftar, yana bir qancha o‘quv qurollari sotib oldim. Sentabr yaqin, keyin shoshib qolmaylik dedim-da. Daftarlar muqovasida tarixiy shaxslar, shaharlar nomi, orqa qismida esa ular haqida qisqacha ma’lumotlar (shunday deyish mumkin bo‘lsa) berilgan. Harna, bolalar serquyosh yurtimizning bebaho go‘shalari, ajdodlari bilan tanishar, dunyoqarashi oshar, degan umidda edim. Keyin bilsam, chuchvarani xom sanabman.
    Nosir al-Farg‘oniymi yoki Kasir al-Farg‘oniy?
    Birinchi daftar. Ustiga katta harflar bilan “Farg‘ona” deb yozib qo‘yilgan. Demak, mantiqan daftar orqasida Farg‘ona to‘g‘risida ma’lumotlar berilishi kerak. Ammo buning o‘rniga negadir al-Farg‘oniy hayoti va ijodi haqida so‘z yuritilgan. Yana bir xil ma’lumot ikki marta, bitta betning o‘zida. Matndagi g‘ij-g‘ij xatolardan-ku ko‘ngil ayniydi.
    Misol keltiraman. Birinchi xatboshida berilgan ma’lumotga ishonadigan bo‘lsak, Farg‘oniyning to‘liq ism-sharifi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Nosir al-Farg‘oniy. Ikkinchi xatboshida esa buyuk ajdodimizning ismi sal boshqacharoq – Abul Abbos Ahmad ibi (“ibi” shevasi ko‘proq Buxoro tomonlarga xos bo‘lib, ajablanganda yoki ensa qotirganda qo‘llaniladi – D.N.) Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniy”.
    Qoyilmisiz? Shu paytgacha o‘qitilgan adabiyotlarda faqat bitta – Ahmad al-Farg‘oniy bo‘lardi. Balki “daftardo‘zlar” bilgan boshqa farg‘oniylar ham bordir, buni endi o‘zlari tilga kirsalar, aytib berishar.
    Bundan tashqari, matndagi “A.al-F Xalifa Xorun ar-Rashid (786-809) vorisla-85 7ri al-Ma’mun (813-833)...davrda yashadi”, “Horun ar-Rashid vafoti (809-y.)dan so‘ng xalifalik taxtiga Muhammad al-Amin (809-813) chiqadi. y. ga qadar Marv-da yashaydi. U o‘z atrofiga olimlari fo-zillarni to‘playdi...” va hokazo jumlalarni o‘qisangiz, beixtiyor: harflar “trezviy” kallada terilmagan, degan shubhaga borishingiz aniq.
    Yangi Qo‘qon xonligi haqida eshitganmisiz?
    Ikkinchi daftar. Ustiga katta harflar bilan “Qo‘qon” deb yozib qo‘yilgan. Ma’lumot qismida qayd etilishicha, “Qo‘qon – Fargona viloyatida, sharqiy O‘zbekistondagi shahar. Aholisi 221, 700 (2010-yil). Eski Qo‘qon xonligining poytaxti bo‘lgan...”
    Birinchidan, O‘zbekistonda “Fargona” nomli viloyat yo‘q. Ikkinchidan, tarixda faqat bitta “Qo‘qon xonligi” bo‘lgan. Uni “eski” yoki “yangi”ga ajratish fan uchun “yangilik”. Keyin, hurmatli ishlab chiqaruvchilar, uyg‘oning, hozir 2019-yil. Ma’lumotga yakun yasagan jumlani o‘qib, umuman yoqa ushlaysiz: “K. dan Farg‘ona rik shaharlariga va viloyatning avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi”. Sho‘rlik o‘quvchilar!
    Mirzo Ulug‘bek – folbinmi?
    Uchinchi daftar. “Mirzo Ulug‘bek” surati tushirilgan ushbu daftarda yozilishicha, Ulug‘bek eng avvalo ... folbin bo‘lgan ekan. Yo‘qsa, “Buyuk munajjim” jumlasini yana qanday izohlash mumkin? “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da ham “munajjim” so‘ziga “yulduzlarga qarab fol ko‘rgan kishi” deb ta’rif berilgan.
    Yaxshiyam bu daftarlar XXI asrda chiqayapti, xudo ko‘rsatmasin XVII asrda bosilganida bormi, polyak astronomi Yan Geveliy Ulug‘bekni dunyoning barcha davrlaridagi eng buyuk besh nafar matematigi sirasiga kiritmagan, uning nomini Nostradamus qo‘lyozmalaridan qidirib yurgan bo‘lardik.
    Aytgancha, bilmasangiz, bilib qo‘ying: Ulug‘bekni yana “Risolayi Lug‘bek” degan asari ham bor ekan. Balki, yoshligida Mirzoni erkalab “Lug‘bek” deb chaqirishgandir, bu yog‘i endi “daftardo‘zlar”ga ayon... Keyin matndagi jumlalarni tushunib, anglash uchun, kamida “filologiya fanlari nomzodi” bo‘lish kerak (bonusiga – imloviy xatolar): “...U Buyuk Yulduz bilimdoni va riyoziydon bo‘lgan... U yoshligini ko‘pincha O‘rta Sharq va Hindistonda o‘tkazgan bo‘lib Amir Temur o‘limidan keyin Samarqand ya’ni Koshg‘arli Mahmudga ko‘ra Samizkentda yerlashgan. Keyinchalik Otasi Shohrux Mirzo Hirotni o‘z davlatining boshkenti etib tayinlangach, ...1409 – yilda Samarqand boshchisi bo‘lib, 1411 – yilda esa Movaraunnahr xonliklarining erkin hukumdori bo‘lgan”.
    Baraka topgurlar, 12 varaqli daftardan tilshunoslar emas, 7-10 yoshli boshlang‘ich sinf o‘quvchilari foydalanadi.
    To‘rtinchi daftar, beshinchi, oltinchi... Umumiy manzara achinarli: dahshatli darajada imloviy xatolar, noto‘g‘ri ma’lumotlar, turli manbalardan ko‘r-ko‘rona ko‘chirilgan siyqa jumlalar... Bir so‘z bilan aytganda, daftarlar – savodsizlik virusining o‘chog‘iga aylanayapti. Unga tezda chora ko‘rilmasa, mutasaddilar ko‘zlarini kattaroq ochmasa, vijdoni uyg‘onmasa biz har doim faxrlanadigan ajdodlarimiz yana yuz yil go‘rida tik turadi.
    Dilshod Nurulloh

    24.07.2019, 18:09   Izoh (0)   121411
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Angliyalik qiz Farg‘onaga kelin bo‘lib tushdi (foto)

    24.07.2019, 17:56

    Go‘sht narxlari ko‘tarilishi bilan bog‘liq masalaga Davlat statistika qo‘mitasi munosabat bildirdi

    24.07.2019, 17:43

    Collegium Humanum – Varshava menejment universiteti Andijonda o‘z filialini ochish taklifini ilgari surdi

    24.07.2019, 17:38

    Shavkat Mirziyoyevni tavallud ayyomi bilan qizi Shahnoza va nevarasi Raniya tabrikladi

    24.07.2019, 17:25

    “Hududiy elektr tarmoqlari”: Reja jadvalidan ancha orqadamiz

    24.07.2019, 17:06

    Andijonning Xonobod shahrida turizm shaharchasi qurilmoqda

    24.07.2019, 15:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qo‘qon shahrida aliment to‘lamay yurgan onadan qarzdorlik sud orqali undirildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 17:55

    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

    Reklama | 8 avgust, 18:00

    Tarvuz va qovun kabi poliz ekinlari kichik yoshdagi bolalar uchun qanchalik xavfli?

    Farzand | 8 avgust, 17:40

    Charlz Oliveyra Topuriya bilan jangdagi mag‘lubiyatini tan oldi: “U mendan yaxshiroq edi”

    Sport | 8 avgust, 17:30

    Xitoyda chivin tarqatayotgan virus Tayvanda ham aniqlandi

    Dunyo | 8 avgust, 17:20

    “Yig‘laganini ham eshitmabman”. Marg‘ilonda yosh bolani Gentra’da bosib ketgan haydovchiga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 17:08

    Oliygoh bitiruvchisini ishga olgan korxonaga imtiyozli kredit berilishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 17:05

    O‘zbekistonda beshta oliygohga kirolmagan talabgor oltinchisiga qabul qilinishi mumkin

    O‘zbekiston | 8 avgust, 16:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.