AQSh Afg‘onistonni 10 kun ichida Yer yuzidan supurib tashlashi mumkin edi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp Pokiston bosh vaziri Imron Xon bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Agar Afg‘onistonda urushni boshlash va unda g‘alaba erishishni istasak, bir haftada muvaffaqiyat qozonishimiz mumkin edi. Faqat 10 million kishining umriga zomin bo‘lishni xohlamayman”, — dedi Oq uy rahbari.
Trampning ta’kidlashicha, u jang-jadaldan ko‘ra AQSh qo‘shinlarini mintaqadan olib chiqish va 20 yildan ortiqroq vaqtdan beri davom etayotgan mojaroga chek qo‘yishni ma’qul ko‘rgan bo‘lardi.
Izoh (0)