Amerikaning Amazon kompaniyasi sotuvchilarga tegishli ma’lumotlardan foydalangani uchun ko‘p milliardli jarimaga tortilishi mumkin, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Ta’kidlanishicha, Yevrokomissiya Jeff Bezosning kompaniyasiga qarshi antimonopol tekshiruvni boshlab yuborgan. Kompaniya onlayn-maydonlardagi mustaqil savdogarlarga tegishli shaxsiy ma’lumotlardan foydalanganmi yoki yo‘qligi tekshiriladi.
Yevrokomissiyaning dastlabki tergov natijalariga ko‘ra, kompaniya o‘z platformasidan joy ajratib bergan savdogarlarning mahsulotlari, bitimlari va faolligi haqidagi ma’lumotlardan foydalanib kelgan.
Yevrokomissiya Amazon’ga yil davomidagi daromadining 10 foizi miqdorida jarima belgilashi mumkin. Ta’kidlash kerakki, 2018-yilda Amazon 232,9 milliard dollar daromad ko‘rgan.
Izoh (0)