Daryo

Microsoft kompaniyasi kutilmaganda Windows’ning dastlabki versiyasini qayta taqdim etdi

Netflix bilan hamkorlikda yaratilgan operatsion tizim “Juda g‘alati ishlar” fantastik serialiga bog‘liq

1 daqiqa o‘qish30 028 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Tengrinews

Microsoft kompaniyasi kutilmaganda ko‘pchilik uchun o‘zining birinchi operatsion tizimi — Windows 1.11’ning tahrirlangan maxsus versiyasini taqdim etdi, deb xabar beradi Tengrinews.

Foto: Tengrinews

Mazkur operatsion tizimi Netflix bilan hamkorlikda yaratilgan bo‘lib, u 1980-yillar oxirida sodir bo‘ladigan “Juda g‘alati ishlar” fantastik serialining uchinchi mavsumiga bog‘liqligi aytilmoqda.

Yangi Windows 1.11 operatsion tizimiga turli o‘yinlar va Paint grafik muharriri joylashtirilgan. Operatsion tizimining o‘ziga xosligi serial voqealari asosida yaratilgan boshqotirma o‘yinlarga egaligida. Foydalanuvchilarga ushbu boshqotirmalarni taniqli qahramonlar bilan birgalikda yechish taklif etilmoqda.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar