Twitter ijtimoiy tarmog‘ida global uzilishlar kuzatilmoqda. Bu haqda Downdetector servisidagi ma’lumotlarga tayanib, “RBK” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, servis g‘arbiy Yevropa mamlakatlari, AQSh, Rossiya, Ukraina va Yaponiyada ishlashdan to‘xtagan. Ijtimoiy tarmoqning nafaqat veb-versiyasi, balki iPhone va Android’dagi mobil ilovalari ham ishlamay qolgan.
Ijtimoiy tarmoq vakillari sodir bo‘lgan uzilishlarga hozircha izoh bermadi.
Izoh (0)