Monakoda butun davlat bo‘yicha 5G tarmog‘i ishga tushdi, deb xabar bermoqda “Kommersant”. Shunday qilib Monako butun mamlakat bo‘ylab 5G ga ega Yevropadagi yagona davlatga aylandi.
Tarmoq uskunalari Xitoyning Huawei kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va o‘rnatilgan.
Avvalroq Opensignal servisi 4G interneti reytingida O‘zbekistonni oxirgi o‘ringa kiritgani haqida xabar berilgan edi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev esa 25-aprel kun “Bir makon — bir yo‘l” xalqaro forumi doirasida Huawei kompaniyasining Tadqiqotlar va innovatsiyalar markaziga tashrifida Huawei kompaniyasi bilan O‘zbekistonda 5G texnologiyasini joriy etishni tezlashtirish kerakligini aytgandi.
“Yangi texnologiyalarni jalb etishdan oldin ularni ishlatuvchi mutaxassislar tayyorlash va malakasini oshirish juda muhim. Kompaniya bilan avvalo ushbu yo‘nalish bo‘yicha hamkorlik qilish, mamlakatimizda 5G texnologiyasini joriy etishni tezlashtirish kerak”, — degan edi Shavkat Mirziyoyev.
Izoh (0)