Rossiya xususiy kapitalining salkam uchdan bir qismi (27 foizi) yoki 360 milliard dollar o‘tgan yili xorijdagi hisob raqamlarida saqlangan. BCG xalqaro konsalting kompaniyasining tadqiqotlari shundan dalolat bermdoqda.
Tadqiqotga ko‘ra, oxirgi 5 yil mobaynida rossiyaliklarning xorijdagi hisob raqamlarida saqlanayotgan vositalari hajmi deyarli o‘zgarmagan. Ularning 62 foizi valyuta va depozitlarda saqlanadi (dunyodagi o‘rtacha ko‘rsatkich 28 foiz).
Rossiyaliklar aksiyalar bozoriga unchalik ishonmaydi — 24 foiz. Bu ko‘rsatkich dunyo bo‘yicha 24, Shimoliy Amerikada esa 45 foizni tashkil etadi.
Obligatsiyalar ulushi esa bundan ham past, atigi 3 foiz.
Izoh (0)