• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Hafta ijtimoiy muammolari: Afandi qo‘yiga ko‘zoynak taqqani haqida

    “Daryo” kolumnisti an’anaviy ruknda o‘tgan haftada muhokama qilingan asosiy ijtimoiy masalalarga to‘xtalib o‘tadi.

    Bergan qarzingizni so‘rasangiz, erta beraman, indin beraman, deguvchilar haqida yozish qiziq emas, chunki deyarli hamma bu holatga uchragan. Ammo ko‘zini lo‘q qilib “berdim-ku” desa-chi? Bunisini rosmana innovatsion yolg‘onchilik deyish mumkin.

    Gapning indallosini aytadigan bo‘lsak, davlat amaldorlarining qo‘sha-qo‘sha va’dalari amalga oshmayotganligi hech kimga sir emas. Eng mashhurlari: internet tezligini 10 baravar oshirish, milliy loukoster (arzon aviakompaniya) ishga tushirilishi, Peugeot Citroёn zavodida mashina chiqarilishi. Amalga oshmagan puch va’dalarni kechagina tashkil etilgan “Vada.uz” saytidan o‘qib oling. Biz esa rivoj topayotgan lofchilik tendensiyasiga uchta misol keltiramiz.

    Rasmiylarimizdan birining aytishicha, “gaz va elektr energiyasi ta’riflari jahondagi va qo‘shni mamlakatlar bilan solishtirganda, bugungi kungi ta’rif ularga nisbatan ikki-uch barobar, ayrimlarida esa 5-6 barobar arzon”. Vaholanki, qo‘shni Qozog‘istonda o‘rtacha oylik ish haqi 664 dollar, aholi uchun 1 kVt*soat energiya 0,03 dollar; Qirg‘izistonda bu ko‘rsatkichlar 220 va 0,031 dollar; Tojikistonda 182 va 0,021 dollar; Turkmanistonda 170 va 0,0071 dollar. O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi 187 dollar deb olsak, elektr narxi 0,029 dollar. Ko‘rinib turganidek, qo‘shnilarimizga nisbatan hech qanday 2-3 baravar arzon tok olayotganimiz yo‘q.

    Tobora qimmatlashib borayotgan go‘sht narxi haqida gapirgan bilgichlardan biri “Xitoyliklar go‘shtni bizdan o‘n barobar kam yeyishini” eslatdi. Bu lof ma’lumotni qayerdan olishganini bilolmadik, chunki Xitoyda jon boshiga go‘sht iste’moli bizdan ikki barobar ko‘pligini ushbu reyting tasdiqlaydi.

    Foto: BBC

    Foto: BBC

    Davlat statistika qo‘mitasi ham qatordan qolmay deya, 9-iyul kuni go‘sht 28 mingdan 48 ming so‘mgacha sotilayotganligini bildirdi. Eng arzon go‘sht Nukusda, eng qimmati esa Toshkentda ekan. Statistikachilar peshtaxta chetidagi suyak to‘plamining narxini ko‘rib axborot yozgani ehtimoli baland, chunki o‘sha kuni nukusliklar eng arzon go‘sht 38 ming, toshkentliklar esa 53 mingligini yozdi.

    Afandi qo‘yiga payraha berayotganini ko‘rganlar hayron bo‘lsa, “e birodar, ko‘ziga yashil ko‘zoynak taqib qo‘ysam, o‘t deb yeyaveradi”, debdi. Bizning ayrim rasmiylarimiz esa ko‘zimizga pushti ko‘zoynak taqishni istamoqda va og‘ziga kelgan gapni pala-partish bayon qilish bilan shug‘ullanmoqda.

    Xudoyim, yo ularga aql ber yoki menga grin-karta.

    Ishonch gumburlab qulaganda

    Hurmatli o‘quvchi, negativ xabarlarimizdan taajjublanmang, negaki ruknimizning o‘zi “muammo”li. Davom etamiz.

    Mashhur o‘zbek romani “Ikki eshik orasi” qaysi epizoddan boshlanishini eslaysizmi? Qurilishda ishlovchi Muzaffarga boshlig‘i smetada ko‘rsatilgan yo‘g‘on armatura o‘rniga ingichkasini ishlatib inshootni tezroq tamomlashni buyuradi. Biroq Muzaffar omonat uy odamlarni bosib qolishidan ogohlantirib, rahbariga bo‘ysunmaydi. Qanaqadir, o‘zini o‘ylamay, boshqalarning g‘amini yeydigan odamlar asarga qahramon qilib tanlangan. Ular tabiatan vijdonlimidi yoki tekshirib jazolashlaridan cho‘chirmidi – bilmadim.

    Foto: Samarqand viloyati qurilish bosh boshqarmasi

    Foto: Samarqand viloyati qurilish bosh boshqarmasi

    Bilganim – hozir yangi uylar bir yilga yetmay sho‘rlab ketmoqda, tomlarini shamol uchirmoqda. Eng xavflisi, og‘ir monolit plitalar qulab tushmoqda. Aprelda Buxoroda beton plita qulab, odamlarni jarohatlagan bo‘lsa, o‘tgan hafta Samarqandda uy plitasi quladi. Odamni pashshadek ezib o‘ldirishi mumkin bo‘lgan bunaqa falokatlar haqidagi xabarlar “tekshiruv ishlari ketmoqda”, “hodisa sabablari o‘rganilmoqda” degan shablon jumlalar bilan tugaydi. Ajablanarlisi, nosoz uy qurilishi sababchisini osongina aniqlash imkoni bo‘laturib, jazo olgan aybdor hech uchramaydi. “Hodisa sabablari o‘rganiladi”, “chuqurrooq tekshiriladi”, “tegishlicha chora-tadbirlar ko‘riladi” va... unutiladi. Sirti yaltirog‘-u ichi qaltiroq uy quruvchisi boshqa qurilishda javlon uraveradi. Ular tabiatan shundaymi yoki tekshirib jazolashlaridan qo‘rqmaydimi – bilmadim.

    Nosoz uylar holatini o‘rganib, quruvchilariga keskin chora ko‘rish vaqti allaqachon kelgan.

    Sarvar usta

    Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin.

    Avvalgi hafta ijtimoiy muammolari:

    Boyga - doktor, kambag‘alga - duo

    Servantdagi “ognetushitel” va chakkaga taqilgan tish cho‘tkasi

    Yolg‘onchi blogerlar va eng arzon narsa

    Yordam bermang, o‘zim turaman

    Ichki ishlar xodimlari tushirgan qovunlar

    Silikon vodiysiga intilyapmizmi?

    Men o‘sha bozor buzuvchi hokimman

    Uydan chiqqan dinozavr haqida

    Men dardimni kimga aytaman…

    Oshxo‘rga osh, ishxo‘rga ish

    16.07.2019, 09:59   Izoh (0)   118436
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.