• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Hafta ijtimoiy muammolari: Servantdagi “ognetushitel” va chakkaga taqilgan tish cho‘tkasi

    “Daryo” kolumnisti an’anaviy ruknda o‘tgan haftada muhokama qilingan asosiy ijtimoiy masalalarga to‘xtalib o‘tadi.

    Bezatilgan “ognetushitel”

    Vazifasi o‘t o‘chirish bo‘lgan buyum bor, “ognetushitel” deyiladi. Birovga ziyoni tegmay uyning bir chetida turadi, ammo yong‘in ketsa, eng birinchi yordamchi u. Juda kerakli buyum, shuncha molimni olovdan asrab qoladi, deya yaltiroq bezaklar qoplab servantga ko‘z-ko‘zlab qo‘ymaysiz. Yoki tish cho‘tkasi salomatligingiz himoyachisi, ammo uni mikrob tegmaydigan, nam tortmaydigan joyda saqlasangiz kifoya, chakkaga taqib yurish shartmas.

    Foto: “Xabar.uz”

    Foto: “Xabar.uz”

    O‘tgan hafta Toshkent shahri hokimi janob Ortiqxo‘jayev jurnalistlar uchun Media City qurishni taklif qildi. Jurnalistlarga alohida iltifot ham ko‘rsatdi. Mehribonchilik chakkimas. Media City qurildi ham deylik, nomidan ko‘rinadiki, bu City ham katta ehtimol bilan janob Ortiqxo‘jayevning rahnamoligida bo‘ladi. Oynavand fasad, yaltiroq eshik-derazalar ortida qimmatli asbob-uskunalar bilan ta’minlangan jurnalistlar oltin qafasga solib qo‘yilmasmikan? “Qulluq, xo‘jayin, qulluq!”.

    Ilgari liqildoq stol-stulda hokimiyatdan hurkib ishlagan hurkaklarimiz endi polirovkalangan mebellarda kimning kayfiyatiga qarab ishlashlarini taxmin qilyapman. Ha, jurnalist qalami bilan jamiyatni tozalovchi farroshdir, ammo uning qalamini olib o‘rniga yozmaydigan bezakdor ruchka sovg‘a qilgandan qanday naf? Uning ishlashi uchun yo‘lini to‘sishmasa yetarli. Xabarlari uchun javobgarlikka tortishmasa, nozik idoradan telefon qilib bosim ko‘rsatishmasa, yozgan maqolasini saytdan oldirib tashlashmasa – shuning o‘zi jurnalistni qo‘llash hisoblanadi. Unga muhtasham koshona zarur emas.

    Jurnalist ahliga g‘amxo‘rlik qilishning boshqa yo‘llari ham bor. Ular panoh topgan bino ijarasining bir chetini ko‘tarsangiz bo‘ladi. Ha, “Matbuotchilar, 32” binosini nazarda tutyapmiz. Darvoqe, Media City’dan gap ochilgani “Matbuotchilar, 32” kimgadir kerak bo‘lib qolganinidan darak emasmikan?

    Uch milliard so‘mni shamolga uchirgan qo‘qonliklar

    Deylik, do‘stlaringiz bilan qorningiz ochiqib turganda biri “o‘ttiz-o‘ttizdan tashlaylik, ajoyib osh tayyorlayman”, deb va’dani katta qildi. Amallab tayyorladi, ammo uni yegandan guruch qaynatib suvini ichsangiz mazaliroq. “Basharangga tuflab yuborardim-u, hamma qarab turibdi-da”, demaysizmi? Yoki qandaydir bir zukko zo‘r va’dalar bilan hammadan pul sug‘urib, sakkiz g‘ildirakli velosiped yasadi: minay desang egari yo‘q, tepay desang pedali yo‘q. Bunaqa yechim topgan aqllini qopga solib, jarga uloqtirsang, haqing ketadi.

    Qo‘qon shahrining Yangibozor nomi bilan ataluvchi asosiy bozorida dam olish kuni igna tashlasang, yerga tushmaydi. Tevarakdagi tabiblar kuchli massaj olishni istaganlarga Yangibozor chorrahasidan o‘tishni tavsiya qiladi, chunki bozor kuni bu yer tirbandlikda Xitoy bilan bellashadi. Chorrahadan o‘tishning hech bir qoidasi yo‘q: qulay fursatni topib, aravacha, tog‘ora, tovuq, kartoshka kabi narsalar bilan, kamiga bolangni ham qo‘ltiqlagancha bostirib o‘tib ketaverasan. Svetoforga qarash yo‘q, mashinalar shamoli etagingga yetib kelib, noiloj chiyillab to‘xtaydi. Bu betartibliklarimizga turistdan boshqasi kulmaydi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Nima bo‘ldi-yu, shahar hokimiyat bozor chorrahasi ustida yo‘lo‘tkazgich qurishga qaror qildi. Ko‘pchilik bu betartiblik va tirbandlikka yechim topilganidan umid qilib suyundi. Surilib-surilib, oxiri 2018-yilning yanvarida yo‘lo‘tkazgich bitdi. Ammo...

    To‘g‘ri, dastavval baland va chiroyli “ko‘prik”ka havas qilganlar 4-5 metr balandlikka ko‘tarilib atrofni tomosha qilish uchun undan o‘tib yurdi. Ammo undan o‘tish uchun 200 metr naridan kelib, boz ustiga uyning ikkinchi qavatiga ko‘tarilgandek lo‘killagancha zinadan chiqib yo‘lning uyog‘iga o‘tish kimga zaril. Odamlar yo‘l tanladi, noqulay yo‘lo‘tkazgichdan shunchaki voz kechdi.

    Shunday qilib tomlari ko‘k plastik bilan o‘ralgan bu yo‘lo‘tkazgich hozir mushuklarga kerak bo‘lyapti xolos. Odamlar esa xuddi avvalgidek eski yo‘lni kesib o‘tyapti (videoni ko‘ring). Ularni tartibga solish uchun o‘n-yigirma chog‘li militsioner kun bo‘yi ovora.

    Bu loyihaning ustida bosh qotirganlarning boshi qayerda edi? Nahotki, minglab odamni majburlab besh metr yuqoriga chiqarib bo‘ladi, deb o‘ylasalar? Bu xuddi tupkaning tagiga kreslo qo‘yib, odamlarni dam olishga borishidan umid qilish emasmi? Mutaxassislarning baholashicha, inshoot qurilishiga 3 milliard so‘m atrofida mablag‘ ketgan. Soliq to‘lovchilarning pulini bu qadar behuda loyihaga sarflash isrof emasmi?

    Bundan ko‘ra 3 milliard so‘mni balandga chiqib Qo‘qon shamoli yo‘nalishida uchirib yuborgan afzalroq edi. Bolalar tutib olsa, savobi tegardi.

    Toshkent jaziramasida huvillab yotgan yo‘lo‘tkazgichlar haqida keyinroq yozamiz.

    Sarvar usta

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazariga mos kelmasligi mumkin.

    Avvalgi hafta ijtimoiy muammolari:

    Yolg‘onchi blogerlar va eng arzon narsa

    Yordam bermang, o‘zim turaman

    Ichki ishlar xodimlari tushirgan qovunlar

    Silikon vodiysiga intilyapmizmi?

    Men o‘sha bozor buzuvchi hokimman

    Uydan chiqqan dinozavr haqida

    Men dardimni kimga aytaman…

    Oshxo‘rga osh, ishxo‘rga ish

     

    02.07.2019, 09:06   Izoh (0)   131735
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.